Suriya poytaxti Damaşqdagi aeroport, Baas partiyasi rejimi ağdarilganidan keyin birinçi marta xalqaro qatnovlarni tikladi, deb xabar berdi Anadolu.
7 yanvar kuni ertalab Syrian Air samolyoti Birlaşgan Arab Amirliklarining Şarja şahriga uçdi.
Damaşq aeroporti direktori Enis Falluh sözlariga köra, Qatar Airways ham bugun Doha-Damaşq reysini amalga oşiradi. Uning ta’kidlaşiça, hozir aeroportda 140-150 nafar yölovçi bor. Uning qöşimça qilişiça, köplab aviakompaniyalar Damaşq aeroportidan foydalaniş böyiça yangi şartnomalar tuziş istagini bildirgan.
Damaşq xalqaro aeroporti 18 dekabr kuni içki parvozlarni qayta tiklagan edi. Şunda Damaşq – Halab yönalişi böyiça parvoz amalga oşirildi. Bu Başar Asad rejimi ağdarilgan 8 dekabrdan beri birinçi reys böldi.


















