27 dekabr kuni bir neçta davlat banklarini xususiylaştirişning sönggi muddatlarini uzaytirişni nazarda tutuvçi farmon imzolandi.
«Asakabank», «Özsanoatqurilişbank» (SQB) va «Aloqabank»dagi davlat uluşlarini sotiş muddatlari 2025 yilga köçirildi. Prezidentning 2020−2025 yillarda bank tizimini isloh qiliş strategiyasi böyiça farmoniga buni nazarda tutuvçi özgartirişlar kiritildi.
Mamlakatdagi ikkinçi yirik bank hisoblangan «Özsanoatqurilişbank»dagi barça davlat uluşini 2022 yil oxirigaça, keyinçalik esa 2023 yil oxirigaça savdoga çiqariş rejalaştirilgandi. Şundan söng 2024 yil oxirigaça xususiylaştiriş orqali bankdagi davlat uluşini 50 foizdan kamaytirişga qaror qilindi, ammo bu amalga oşmadi.
Avvalroq «Asakabank» xususiylaştiriş muddati 2023 yil oxiridan 2025 yil oxirigaça surilgani xabar qilingandi. «Asakabank» bugungi kunda Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi (88,22 foiz), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (10,85 foiz), Buxoro neftni qayta işlaş zavodi (0,73 foiz), «Özavtosanoat» (0,1 foiz), «Özagrosuğurta» (0,08 foiz) va «Özbekinvest»ga (0,02 foiz) tegişli.
2025 yil 1 yanvargaça (avval 2023 yil 1 iyulgaça edi) fond birjasida «Aloqabank» uçun IPO ötkaziş rejalaştirilgandi. Bu bankdagi uluşlar quyidagiça taqsimlangan: Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi — 61,8 foiz, «Özbektelekom» — 22,03 foiz, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantiriş jamğarmasi — 6,3 foiz, Iqtisodiyot va moliya vazirligi — 4,32 foiz, «Elektromagnit moslaşuv markazi» DUK — 2,11 foiz, boşqalar — 3,44 foiz.













