Aliyevning sözlariga köra, muzokaralar yanvar oyida bölib, ötadi, ammo u aniq sanani aytmagan.

«Şu oy bizning taşabbusimiz bilan delimitatsiya böyiça Ozarboyjon va Armaniston komissiyasining uşbu masalani hal etişga qaratilgan navbatdagi uçraşuvi bölib ötişi kerak», — deydi Ilhom Aliyev.

Armaniston va Ozarboyjon tinçlik bitimi loyihasi böyiça 17 moddadan 15 tasini kelişib olgan. Oxirgi ikki band bir-biriga qarşi xalqaro da’volardan voz keçiş, şuningdek, ikki davlat çegarasiga xorijiy qöşinlarni joylaştirmaslik bilan boğliq. Şu bilan birga, dekabr oyi oxirida davlat rahbarlari Janubiy Kavkazda tinçlik örnatişni buziş va qurollaniş poygasini kuçaytirişda özaro ayblovlarni ilgari surgan edi.

Eslatib ötamiz, 2024 yil iyunda Yerevan va Boku Tavuş viloyatidagi çegarani delimitatsiya va demarkatsiya qiliş böyiça kelişib olganidan keyin Armanistonda norozilik namoyişlari boşlangan edi. Uşbu kelişuv natijasida Armaniston Ozarboyjonga avval Ozarboyjon SSRga qaraşli bölgan, biroq 1990 yillardan beri armanlar nazoratida bölgan törtta qişloqni berişga rozi bölgan.

Ozarboyjon tinçlik bitimi doirasida Armaniston öz Konstitutsiyasiga özgartirişlar kiritişini talab qilmoqda. Unda Armaniston Oliy kengaşi 1990 yil 23 avgustda qabul qilgan mamlakat mustaqilligi deklaratsiyasiga havola bor. Uşbu deklaratsiya boşida öz navbatida, Armaniston SSR va Toğli Qoraboğning 1989 yildagi «Birlaşuv töğrisida»gi qöşma rezolyutsiyasiga havola keltirilgan.