Qayd etilişiça, viloyat «Issiqlik manbai» işlab çiqariş boşqarmasi, «Angren issiqlik energiyasi» DUK, Çirçiq «Issiqlik energiyasi» IÇK, «Olmaliq issiqlik manbai» MÇJning iste’molçilarga körsatilayotgan xizmatlari narxi özgarmoqda.
Xususan, «Issiqlik manbai» issiqlik va issiq suv ta’minoti xizmatlari uçun 93 464 söm/Gkal (QQS bilan) narxni taklif etmoqda — hozirda bu 81 ming 312 sömni taşkil etadi.
Şuningdek, hisoblagiç mavjud bölganda 1 metr kub issiq suv narxi 5 144 söm etib belgilanadi (hozirda 4472 söm). Hisoblagiç yöq bölsa, bir kişi uçun 1 oyga 20 ming sömdan oşiqroq tölaşga töğri keladi.


Eslatib ötamiz, 2024 yil sentabr oyida Toşkent şahrida issiqlik ta’minoti xizmatlari uçun tartibga solinadigan narxlar Xalq deputatlari Toşkent şahri Kengaşi tomonidan körib çiqilgandi. Unga köra, narxlar 15 foizga oşirilgan. Jumladan, aholiga issiqlik energiyasi va issiq suv ta’minoti xizmatlarining yangi çakana tarifi 121 617 söm/Gkal etib belgilangandi.
















