Saratov oblastining Engels şahrida 8 yanvar, çorşanba kuni ertalab Rosrezerv neft bazasiga Ukraina uçuvçisiz uçoqlari tomonidan berilgan zarbadan söng yonğin hududi keçga yaqin kuçaygan, şu munosabat bilan rasmiylar favqulodda holat e’lon qildi. Bu haqda mintaqa gubernatori Roman Busargin ma’lum qildi. Uning Telegramʼdagi xabarida «sanoat korxonasi» zarar körgani haqida söz boradi.
Busarginning sözlariga köra, Favqulodda vaziyatlar vazirligi yonğin xavfsizligi xizmatining ikki xodimi halok bölgan, bir öt öçiruvçi jarohatlangan. Avvalroq u qurbonlar yöqligi va «yonğinni öçiriş uçun yetarli kuç va vositalar mavjudligini» yozgan edi.
Gubernatorning ta’kidlaşiça, dronlar havo hujumidan mudofaa kuçlari tomonidan urib tuşirilgan, biroq u ta’kidlaganidek, «Engelsdagi sanoat obektiga dron parçalari qulagan». Internetda yonğin aks etgan surat va videolar paydo böldi.
Keyinçalik yorqin çaqnaş aks etgan video e’lon qilindi, şundan söng yonğin yanada kuçaygan.
Rossiyaning Engelsida dronlar neft bazasiga hujum qildi
Saratov oblastining Engels şahrida 8 yanvarga ötar keçasi dron hujumidan keyin portlaşlar sodir böldi. Gubernator Roman Busargin Saratov va Engels katta hujumga uçragani va urib tuşirilgan uçuvçisiz uçoqlarning qoldiqlari «sanoat obekti»ga tuşib, u «zarar» körganini aytdi, ammo heç kim jabrlanmagan.
Rossiya Telegram-kanallari xabariga köra, gap dron zarbasi natijasida kuçli yonğin çiqqan neft bazasi haqida ketmoqda.
"VÇK-OGPU" kanaliga köra, dastlabki ma’lumotlarga köra, Engelsdagi neft bazasiga hujumda 30 dan ortiq dron iştirok etgan.
Dekabr oyi örtalarida Saratov gubernatori Busargin mintaqadagi harbiy aerodromga uçuvçisiz uçoq tomonidan hujum qilinganini bildirdi, lekin u qaysi aerodrom haqida gapirayotganiga aniqlik kiritmadi. Şu bilan birga, Saratov yaqinidagi Engelsda Rossiya havo-kosmik kuçlarining «Engels-2» aviabazasi joylaşgan bölib, unda strategik bombardimonçilar mavjud. Ukraina qurolli kuçlari Engelsdagi samolyotlar Ukraina hududi uzra raketalarni uçirişini bir neça bor ta’kidlagan.

















