Saratov oblasti Engels şahrida Ukraina uçuvçisiz uçoqlarining zarbasidan keyin yona boşlagan Rosrezerv neft bazasidagi yonğinni ikkinçi kundan beri öçirişning iloji bölmayapti. «Favqulodda xizmatlar UUA hujumi oqibatlarini bartaraf etişda davom etmoqda», dedi mintaqa gubernatori Roman Busargin 9 yanvar, payşanba kuni Telegramʼda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbari örinbosari Ilya Denisov iştirokidagi favqulodda vaziyatlar komissiyasi yiğilişidan söng.

Busarginning ta’kidlaşiça, «obektda mavjud kuç va vositalar yetarli» va «kerak bölsa, qöşimça texnika yuboriladi». «Mutaxassislarning tuşuntirişiça, yonib böliş jarayonini yakunlaş uçun ma’lum vaqt kerak böladi. Vaziyat nazorat ostida», deb yozadi u. Gubernator, şuningdek, turar joy binolariga heç qanday tahdid yöqligini aytdi.

Engelsda dronlar hujumidan keyin favqulodda holat e’lon qilindi

Saratov oblastining Engels şahrida 8 yanvar kuni ertalab Rosrezerv neft bazasiga Ukraina uçuvçisiz uçoqlari tomonidan berilgan zarbadan söng yonğin hududi keçga yaqin kuçaygan, şu munosabat bilan rasmiylar favqulodda holat e’lon qildi. Bu haqda mintaqa gubernatori Roman Busargin ma’lum qildi. Uning Telegramʼdagi xabarida «sanoat korxonasi» zarar körgani haqida söz boradi.

Busarginning sözlariga köra, Favqulodda vaziyatlar vazirligi yonğin xavfsizligi xizmatining ikki xodimi halok bölgan, bir öt öçiruvçi jarohatlangan. Avvalroq u qurbonlar yöqligi va «yonğinni öçiriş uçun yetarli kuç va vositalar mavjudligini» yozgan edi.

Gubernatorning ta’kidlaşiça, dronlar havo hujumidan mudofaa kuçlari tomonidan urib tuşirilgan, biroq u ta’kidlaganidek, «Engelsdagi sanoat obektiga dron parçalari qulagan». Internetda yonğin aks etgan surat va videolar paydo böldi.

Keyinçalik yorqin çaqnaş aks etgan video e’lon qilindi, şundan söng yonğin yanada kuçaygan.