AQŞ saylangan prezidenti tomonidan Ukraina va Rossiya böyiça maxsus elçi lavozimiga nomzodi ilgari surilgan Kit Kellogning aytişiça, Donald Tramp Kremlga yon bosiş niyatida emas, aksinça, Ukrainani himoya qilişga intiladi. «U haqiqatan ham Ukrainani va uning suverenitetini saqlab qolişga harakat qilmoqda va u bu adolatli va halol ekanligiga işonç hosil qilmoqçi va buni qayta-qayta aytgan», dedi Kellog 8 yanvar, çorşanba kuni Fox News telekanaliga bergan intervyusida Trampning bir kun oldin matbuot anjumanidagi nutqini şarhlar ekan. 

Kellog Tramp nomidan gapirişni istamaganini, çunki u saylangan prezident öz pozitsiyasini mustaqil bildirişini aytdi, biroq u inauguratsiyadan söng rasman işga kirişgaç, Tramp jamoasida köproq imkoniyatlar bölişini ta’kidladi.

«Tramp Ukrainadagi uruşni 100 kun içida hal qilişi mumkin»

Kit Kelloga köra, Donald Tramp yaqin kelajakda Ukrainadagi uruşni tugatiş böyiça «maqbul yeçim» taklif qilişga qodir. Maxsus vakilning fikriça, bu muddat 100 kun etib belgilanişi mumkin.

Saylovdan keyingi ikkinçi matbuot anjumanida Tramp, xususan, AQŞning amaldagi prezidenti Jo Baydenni Ukrainaga nisbatan siyosati uçun tanqid qildi. Saylangan prezidentning sözlariga köra, Bayden Oq uy Kiyevning NATOga qöşiliş ehtimoli böyiça muzokaralarda köp xatolarga yöl qöygan. Trampning fikriça, Bayden ma’muriyati Rossiyani Ukrainaga hujum qilişga undagan bölişi mumkin, çunki Kreml Vaşingtonning qobiliyatsizligini kördi.

Jurnalistlar bilan suhbatda Kellog Baydenning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muloqot qilişdan boş tortganini katta xato deb bilişini tasdiqladi.

Trampning Ukraina va Rossiya böyiça maxsus vakili Kiyevga taşrifini keyinga qoldirdi

AQŞning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp ma’muriyatining Ukraina va Rossiya böyiça maxsus vakili, iste’fodagi general Kit Kellog Kiyevga avvaldan rejalaştirilgan faktlarni örganiş uçun safarini qoldirdi. Bu haqda 6 yanvar kuni keçki payt Reuters Tramp atrofidagi tört manbaga tayanib xabar berdi.

Qayd etilişiça, Kellogning nafaqat Kiyevga, balki Rim va Parijga ham taşrifi saylangan prezidentning «inauguratsiyasidan keyingaça» qoldirildi. Agentlik manbalari Yevropaga safarning keyinga qoldirilgani sabablarini aytmadi. «Kellog ham, Ukrainaning Vaşingtondagi elçixonasi vakili ham izoh beriş sörovlariga javob qaytarmadi», — deyiladi Reuters xabarida.