2025 yil 9 yanvardan 10 yanvarga ötar keçasi Samarqand viloyati Paxtaçi tumanidagi «Nayman çöqqi» hududida oltin rudasini qazib oliş uçun kelgan yigitlar bilan fojia yuz berdi.
Kun.uz manbasining xabar berişiça, fuqarolar fermer xöjaligiga qaraşli yer maydonidan noqonuniy ravişda oltin rudasini qazib oliş bilan şuğullangan. Ulardan 2 nafar yigit qölda kovlangan çuqurda vafot etgan. Ular çuqurda töplangan çiqindi gazidan zaharlangan bölişi mumkin. Vafot etganlardan biri 30 yoşda, yana bir 20 yoşda bölgan.
Boş prokuror matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov holat yuzasidan Kun.uz'ga ma’lumot berdi.
Ma’lum bölişiça, 9 yanvar kuni soat 20:00 larda 5 nafar fuqaro «Qoraqöton» toğ koniga qaraşli, mahalliy til bilan «Nayman çöqqi» deb nomlangan şaxtaga tuşgan. Ular generator va boşqa uskunalar yordamida tarkibida oltin moddasi bölgan toşlarni kovlab olayotgan vaqtida generatordan çiqqan is gazidan zaharlangan.
«Oqibatda, fuqaro J.S. va O‘.E. şaxta içi pastki qismiga yiqilib, şaxta devori toşlariga urilib, voqea joyida vafot etgan. Şuningdek, yana 3 nafar fuqaro is gazidan zaharlaniş bilan 10 yanvar kuni soat 03:30 larda tuman markaziy şifoxonasiga keltirilgan», — deyiladi ma’lumotnomada.
Hozirda 2 nafar marhumning ölimi yuzasidan sudga oid tibbiyot ekspertiza tayinlangan. Holat yuzasidan Paxtaçi tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.












