2024 yilda Özbekistonga 74 ming 525 dona yengil avtomobil import qilingan. Bu 2023 yilga nisbatan 5 ming 710 donaga yoki 7,1 foizga kam. Bu haqda Bojxona qömitasi ma’lumotlarida keltirib ötilgan.
Ötgan yilda yengil avtomobillarning qiymat jihatdan importi köproq qisqargan. Masalan, 2024 yilda 1,27 mlrd dollarlik yengil avtomobillar olib kelingan bölsa, 2023 yilda bu 1,90 mlrd dollarni (+33,2 foiz) taşkil etgan.

Umumiy hajmning 32 ming 928 tasi benzinli avtomobillar hissasiga töğri kelib, ularning importi 36,3 foizga kamaygan (-18 ming 771 ta), qiymat jihatdan esa 1,18 mlrd dollardan 707 million dollargaça ( – 40,1 foiz) pasaygan. Yil davomida benzinli avtomobillarning importdagi uluşi ham 2023 yildagi 64,4 foizdan 44,2 foizgaça qisqargan. Bitta avtomobilning örtaça narxi ham QQS va bojxona yiğimlarini hisobga olmaganda, 22 ming 858 dollardan 21 ming 476 dollargaça (-6 foiz) kamaygan.
Öz navbatida, «yaşil» avtotransport vositalarining olib kirilişi 1,5 barobarga oşgan. Xususan, 2023 yilda elektromobillar importi 16 ming 84 donani taşkil etgan bölsa, 2024 yilda 24 ming 95 donaga köpaygan. Şunday bölsa-da, qiymat jihatdan 48,2 foizlik kamayiş qayd etilgan. Soliq va qöşimça tölovlarni hisobga olmaganda, bitta maşinaning narxi 26 ming 972 dollardan 9 ming 330 dollargaça arzonlaşgan. Elektromobillarning umumiy importdagi uluşi ham 20 foizdan 32,3 foizgaça kötarilgan.
Gibrid avtomobillarning importi esa miqdor jihatdan 12 ming 300 donadan 17 ming 480 donaga (+42 foiz), qiymat jihatdan 289,9 mln dollardan 339,2 mln dollarga (+17 foiz) oşgan. Import qilingan avtomobilning örtaça narxi ham 23 ming 570 dollardan 19 ming 410 dollargaça yoki 17,6 foizga pasaygan. Gibrid maşinalarning umumiy importdagi uluşi 15,3 foizdan 23,4 foizgaça ösgan.
Jahon bozorida elektromobillar narxlarining pasayib borayotgani va texnik xususiyatlarining yaxşilanişi uşbu turdagi transport vositalariga bölgan qiziqişni kuçaytiryapti. Bundan taşqari, Özbekistonga elektrda harakatlanadigan avtomobillarni olib kirişga aksiz va bojxona bojlari bekor qilingan. Uşbu omillar import hajmi oşişiga ta’sir qilayotgan asosiy jihatlar hisoblanadi.
Özbekiston 2024 yilning 11 oyida eng köp yengil avtomobil import qilgan davlatlar:

















