Ukraina xavfsizlik xizmati tergovçilari Kiyevda Şimoliy Koreyadan kelgan va ukrainlarga asir tuşgan ikki harbiyni söroq qilişdi. Ukraina qurolli kuçlari harbiylari KXDR harbiylarini asir olgani haqida bir kun oldin prezident Volodimir Zelenskiy xabar bergandi.

Janubiy Koreya milliy razvedka xizmati KXDRdan ikki harbiy ukrainlarga asir tuşganini tasdiqlagan, deb xabar berdi Yonhap agentligi 12 yanvar kuni. Harbiy asirlardan biri şimoliy koreyalik askarlar Rossiyada «sezilarli» yöqotişlarga uçraganini aytişgan, deb xabar bergan razvedkadagilar. «Biz şimoliy koreyalik asirlar böyiça ma’lumot almaşişda Ukraina razvedka organlari bilan yaqindan hamkorlik qilyapmiz», — degan Janubiy Koreya razvedkasi.

Ukraina xavfsizlik xizmatidagilar 2005 va 1999 yillarda tuğilgan ikki şimoliy koreyalik asir tuşganini ma’lum qilgan. Ulardan birining yonidan Tuvada röyxatdan ötgan boşqa bir kişi nomiga berilgan harbiy guvohnoma çiqqan, ikkinçisida esa heç qanday hujjat bölmagan.

Ukraina xavfsizlik xizmati ikki harbiy asirning körsatmalarini keltirgan. Ukrainalik tergovçilar ular bilan Janubiy Koreya razvedkasi hamkorligida, koreys tili tarjimonlari orqali muloqot qilgan, çunki asirlar ukrain, rus yoki ingliz tillarini bilişmagan.

Rossiyalik harbiy guvohnomasi topilgan şimoliy koreyalik 2021 yildan buyon KXDR armiyasida öqçi sifatida xizmat ötaganini aytgan. Özining aytişiça, u Rossiyaga Ukrainaga qarşi uruşda iştirok etiş uçun emas, balki maşğulotga kelgandi. U rossiyalik harbiy guvohnomasini 2024 yil kuzida, KXDR jangovar bölinmasi tarkibida Rossiya kuçlari bilan jangovar tayyorgarlikdan ötayotganida olgan.

KXDRdan bölgan boşqa harbiy jağidagi jarohati tufayli yozma körsatma bergan. U KXDR armiyasida 2016 yildan buyon xizmat qilişi va razvedkaçi mergan sifatida faoliyat körsatganini aytgan.

Ukraina hukumati şimoliy koreyalik harbiylar Kursk oblastidagi janglarda asir olinganini ma’lum qilgan. Ulardan birini Ukraina qurolli kuçlari maxsus amaliyotlar kuçlari harbiylari, boşqarsini — ukrain desantçilari asir olişgan. «Jyeneva konvensiyasida nazarda tutilganidek, asirga olinişi bilan xorijliklarga barça zarur tibbiy yordam körsatildi», — deyilgan Ukraina xavfsizlik xizmati xabarida. Idora asirlar «xalqaro qonunçilik talablariga muvofiq bölgan zarur şart-şaroitlarda saqlanişi»ni qöşimça qilgan.

Ukraina xavfsizlik xizmati KXDRdan bölgan ikki harbiy asir söroq qilinişi aks etgan videoyozuvni namoyiş etgan.

Ukraina, Janubiy Koreya va AQŞ baholariga köra, Şimoliy Koreya hukumati Rossiyaga yordam uçun 10-12 ming harbiysini yuborgan. 2024 yil dekabrida Janubiy Koreya razvedkasidagilar harbiy harakatlar vaqtida kamida 100 nafar şimoliy koreyalik halok bölgani, mingga yaqini jarohatlanganini xabar qildi. Volodimir Zelenskiy yanvar oyida ukrain harbiylari Kursk oblastida KXDRdan kelgan tört mingga yaqin harbiyni «zararsizlantirgani»ni ma’lum qildi.