Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2024 yilda dunyodagi eng tirband shaharlar reytingi tuzildi
62 mamlakatdagi 500 ta shahar uchun tirbandlik paytida avtomobilda sayohat qilish vaqti hisoblab chiqildi.

Foto: AFP
Meksika poytaxti Mexiko shahri 2024 yilda 52% ko‘rsatkich bilan yo‘llardagi tirbandlik bo‘yicha jahon yetakchisiga aylandi. Bu haqda Niderlandiyaning navigatsiya tizimlarini ishlab chiqaruvchi TomTom kompaniyasi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, Mexiko bo‘ylab tirbandlik paytida avtomobilda sayohat qilish harakat bemalol bo‘lib qolgan vaqtga nisbatan 52% ko‘proq vaqtni olgan.
Yevropaning eng tirband shaharlari 48% ko‘rsatkich bilan Buxarest (Ruminiya), Plovdiv (Bolgariya) va Lodz (Polsha) ekani aniqlangan.
Qo‘shma Shtatlarda Los-Anjyeles (43%), Honolulu (34%) va Mayami (33 foiz) eng tirband deb topilgan.
Reytingga O‘zbekiston shaharlari kiritilmadi.
Lima (Peru) va Dublin (Irlandiya) shaharlaridagi haydovchilar 2024 yilda tirbandlikda eng uzoq vaqt, o‘rtacha 155 soat vaqt o‘tkazgan.
Nyu-York shahri haydovchilari 98 soat davomida tirbandlikda qolgan, bu Qo‘shma Shtatlardagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. 2024 yilda Manhetten bo‘ylab 10 milya sayohat 31 daqiqa davom etgan. 2025 yilda Nyu-York tirbandlik uchun to‘lov joriy etgan birinchi shahar bo‘ldi. Yig‘ilgan mablag‘ jamoat transportini rivojlantirishga yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.
TomTom 62 mamlakatdagi 500 ta shahar uchun transport ma’lumotlarini kuzatib boradi. Kompaniya tahlilchilarining qayd etishicha, 2023 yilga nisbatan 2024 yilda shaharlarning 76 foizida transportning o‘rtacha tezligi pasaygan.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonga chet davlatdan pul o‘tkazmalari kiberjinoyatchilar hujumiga uchramoqda
O‘zbekiston | 10:52
-
AQSh energetika vaziri: Rossiya neftiga qarshi sanksiyalar «juda real»
Jahon | 10:44
-
Andijonda ayolga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik sodir etgan do‘kon egasi ushlandi
Jamiyat | 10:28
-
Iqlimshunos: “Kuzatilayotgan issiq ob-havo 70 foizga yaqin aholi uyqusiga salbiy ta’sir qilmoqda”
O‘zbekiston | 10:04
Mavzuga oid

23:57 / 17.07.2025
Toshkentda Kichik halqa avtoyo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

14:32 / 17.07.2025
Berlinda jamoat transportida pichoq bilan yurish taqiqlandi

16:44 / 09.07.2025
Toshkent viloyatidan qatnovchi avtobuslar yo‘nalishi poytaxt ichkarisigacha uzaytiriladi

16:28 / 09.07.2025