2025 yil 1 yanvardan umumta’lim maktablaridagi ona tili va adabiyot, tarix fanlaridan dars beruvchi va milliy sertifikati bo‘lgan o‘qituvchilarga ularning ta’rif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadigan bo‘ldi. Bu haqda prezidentning 2024 yil 21 fevraldagi farmoni e’lon qilingandi. Tartib kuchga kirish arafasida rus sinflari uchun o‘zbek tilidan dars beruvchi o‘qituvchilar orasida norozilik paydo bo‘ldi. Ularning bir guruhi Kun.uz’ga ham murojaat yo‘llagan. Unda o‘zbek tili o‘qituvchilariga ham 50 foizlik ustama joriy qilinishi so‘ralgan. Bunga asos qilib o‘zbek tili o‘qituvchilarida ham milliy sertifikat borligi va ular ham o‘quvchilarga davlat tilini o‘rgatayotgani aytilgan. Ularning ayrimlari quyidagicha:

– Davlat tili uchun alohida milliy sertifikat yo‘q. Ular ham ona tili o‘qituvchilari bilan birga kirib ular yechgan testni bajarib chiqyapti, aslida bu ish ular uchun qiyin. Ona tili va adabiyot fani alohida, o‘zbek tili alohida deb qaraladigan bo‘lsa, nega shu paytgacha ona tili va adabiyoti qatori ularga ham 20 foiz ustama bir xil to‘lab kelindi?

– Biz ham davlat tili rivoji uchun hissa qo‘shyapmiz-ku. Bizning fandan alohida soddalashtirilgan milliy sertifikat imtihoni yo‘q, barchasi umumiy. Imtihon topshirayotganimizda bizni ikkiga ajratishmadi. Bularga osonroq savol tuzaylik, bular mumtoz adabiyotdan dars bermaydi, faqat grammatika o‘tishadi deyilmadi. Nega endi to‘lashga kelganda do‘ppilari torlik qilyapti?! Nega o‘qituvchining ming mashaqqat bilan topgan halol puli ko‘zlariga ko‘p ko‘rinaveradi?

– O‘zbek tilining maqomini shu yurtda yashovchi boshqa millat va elatlar orasida oshirsakkina, ularda millat va davlatga nisbatan hurmat uyg‘onadi. Chunki millatga bo‘lgan hurmatning ilk belgisi ularning tilida so‘zlashdir. Bu yo‘lda o‘zbek tili fani o‘qituvchilarining mehnati ayniqsa muhim. Boshqa millat vakillari davlat tilida gapirishni, yozishni, o‘qishni, aynan o‘zbek tili darslari orqali o‘rganishadi. O‘zbek tili ustozlarining mehnati munosib baholanmay, ularni ayirib, milliy sertifikatga past foiz berilishi bu to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘z tiliga, qadriyatlariga behurmatlik deb hisoblayman.

Bu tartib nega o‘zbek tili o‘qituvchilariga amal qilmasligi tushunarsiz ekaniga ona tili o‘qituvchisi, ta’lim bo‘yicha mutaxassis Shokir Tursun ham