Saratov oblastining Engels şahrida beşinçi kundirki, Ukraina uçuvçisiz uçoqlarining navbatdagi zarbasidan keyin yonişni boşlagan Rosrezerv neft bazasidagi yonğin öçira olinmayapti. «Engelsdagi sanoat korxonasidagi yonğin maydoni 80 foizga qisqardi. Tutun miqdori ham sezilarli darajada kamaydi», deb yozdi mintaqa gubernatori Roman Busargin 12 yanvar, yakşanba kuni Telegramʼda «favqulodda vaziyatlar xizmatlari bilan» uçraşuvdan söng. «Yonilği yonib bölişi jarayoni davom etmoqda, mutaxassislar barça zarur çoralarni körmoqda», — deyiladi xabarda.

Bir neça soat ötgaç, Busargin «Rospotrebnadzor mutaxassislaridan bugun ertalab yonğin sodir bölgan hududdagi havo namunalari natijalarini» olganini, u yerda «zararli moddalarning ortiqça konsentratsiyasi aniqlanmagani» haqida yozdi. Uşbu postga qoldirilgan şarhlarda mahalliy aholi, gubernatorning Telegram-kanaliga obuna bölganlar bu ma’lumotning töğriligiga yana bir bor turli yöllar bilan şubha bildirdi.

Engelsda dronlar hujumidan keyin favqulodda holat e’lon qilindi

Saratov oblastining Engels şahrida 8 yanvar kuni ertalab Rosrezerv neft bazasiga Ukraina uçuvçisiz uçoqlari tomonidan berilgan zarbadan söng yonğin hududi keçga yaqin kuçaygan, şu munosabat bilan rasmiylar favqulodda holat e’lon qildi. Bu haqda mintaqa gubernatori Roman Busargin ma’lum qildi. Uning Telegramʼdagi xabarida «sanoat korxonasi» zarar körgani haqida söz boradi.

Busarginning sözlariga köra, Favqulodda vaziyatlar vazirligi yonğin xavfsizligi xizmatining ikki xodimi halok bölgan, bir öt öçiruvçi jarohatlangan. Avvalroq u qurbonlar yöqligi va «yonğinni öçiriş uçun yetarli kuç va vositalar mavjudligini» yozgan edi.

Gubernatorning ta’kidlaşiça, dronlar havo hujumidan mudofaa kuçlari tomonidan urib tuşirilgan, biroq u ta’kidlaganidek, «Engelsdagi sanoat obektiga dron parçalari qulagan». Internetda yonğin aks etgan surat va videolar paydo böldi.

Keyinçalik yorqin çaqnaş aks etgan video e’lon qilindi, şundan söng yonğin yanada kuçaygan.