Kaliforniyadagi o‘rmon yong‘inlarini o‘chirishga 900 dan ortiq mahbus jalb qilindi
Shtat ma’murlari anchadan beri bunday tajribadan foydalanadi. Shu bilan birga, ko‘pchilik dasturga qarshi chiqib, buni mahbuslarga juda kam haq to‘lanishi bilan izohlamoqda: kuniga 10 dollar.

Foto: Max Whittaker / The New York Times
Kaliforniyadagi o‘rmon yong‘inlarini o‘chirishda 900 dan ortiq mahbus ishtirok etmoqda. Bu haqda The New York Times Kaliforniya jazoni ijro etish muassasalari va reabilitatsiya departamenti (CDCR) ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.
NYT ta’kidlashicha, shtat hukumati anchadan beri mahbuslarni o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurashga jalb etib keladi. Shu bilan birga, ko‘pchilik bu dasturga qarshi. Qamoqxona islohoti tanqidchilari mahbuslar xavfli ish uchun ko‘pincha AQShdagi eng kam ish haqidan ham kamroq maosh olishini aytmoqda: kuniga eng ko‘pi bilan 10 dollar va favqulodda vaziyatlarda ishlagan har bir soat uchun qo‘shimcha 1 dollar. Bundan tashqari, o‘t o‘chirish komandasida xizmat qilgan har bir kun uchun mahkumning qamoq muddatidan ikki kun ayriladi.
Dastur ixtiyoriy. To‘g‘ri, unda barcha mahbuslar ham ishtirok etolmaydi: o‘t o‘chirish komandasiga jismoniy va ruhiy sog‘lom deb topilgan, jinsiy zo‘ravonlik va o‘t qo‘yish bilan bog‘liq jinoyatlar uchun qamalmagan va biror marta qamoqdan qochishga urinmagan mahbuslar qabul qilinadi. Ular maxsus o‘t o‘chirish lagerlarida tayyorgarlikdan o‘tishi kerak.
CDCR ma’lumotlariga ko‘ra, Kaliforniyadagi yong‘inlarni o‘chirish ishlarida qatnashayotgan o‘t o‘chiruvchilarning qariyb 30 foizini mahkumlar tashkil etadi. Aktrisa Kim Kardashyan ularning himoyasini yoqlab chiqdi. U gubernator Gevin Nyusomga murojaat qilib, yong‘inlarni bartaraf etishda ishtirok etayotgan mahbuslarning maoshini “odamlar va ularning uylarini qutqarish uchun o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yayotgan insonga mos” darajaga ko‘tarishni talab qildi. Kardashyanning qo‘shimcha qilishicha, mahbus o‘t o‘chiruvchilar kuniga 24 soatlik smena bilan ishlaydi va ularning ish haqi so‘nggi 40 yil davomida o‘zgarmagan.
Los-Anjyelesdagi yong‘inlar
Kaliforniyada o‘rmon yong‘inlari 7 yanvardan buyon avj olmoqda, ular nufuzli Pasifik-Paliseyds hududida boshlanib, Malibu va Santa-Monika kurort shahriga tarqaldi. Yong‘in oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘lgan, shtatning turli tumanlarida 180 minggacha odam evakuatsiya qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar olingan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in 14 ming gektardan ortiq maydonni qamrab olgan, 10 mingtagacha binolarni vayron qilgan, Kaliforniyaning janubiy qismida 250 minggacha odam chiroqsiz qolmoqda.
Ko‘plab mashhurlarning uylari yonib ketdi. Vaziyat tufayli “Oskar” mukofotiga nomzodlarni e’lon qilish 17 yanvardan 19 yanvarga qoldirildi.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00
-
Ukraina Rossiya hujumini kutib, kuchlarini Sumiga o‘tkazmoqda
Jahon | 09:50
-
Intellektual mulk sohasida yangi ko‘krak nishoni ta’sis etiladi
O‘zbekiston | 09:31
-
Qamchiqda yukxonadagi elektroskuterda yuz bergan qisqa tutashuv oqibatida Changan yonib ketdi
O‘zbekiston | 09:28
Mavzuga oid

08:11
Toshkentda podstansiyada yong‘in sodir bo‘ldi

01:04
Reuters: Trampning maxsus vakili Oq uyga Kremlning pozitsiyasini yetkazdi

23:09 / 11.04.2025
Tramp davrida federal budjet xarajatlari 154 mlrd dollarga oshdi

22:13 / 11.04.2025