Joriy yilda Toşkent şahri uçun qöşimça 1000 ta avtobus xarid qiliş rejalaştirilgan. Bu haqda transport vaziri Ilhom Mahkamov «Özbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Transport vazirining sözlariga köra, 2025 yil oxirigaça avtobus bekatlarida QR-kodli bir martalik qoğoz çiptalarni xarid qiliş uçun 675 dona infokiosk ham örnatiladi. 

«1 fevralga qadar Toşkent şahrida jamoat transportini rivojlantiriş böyiça qaror loyihasi işlab çiqiladi, şuningdek, yangi dastur qabul qilinişi közda tutilgan», dedi Ilhom Maxkamov.

Qayd etilişiça, ayni paytda infokiosklarning umumiy soni 5100 tani taşkil etadi, şundan 769 tasi avtobus bekatlarida örnatilgan. Naqd pulda tölovlarni qabul qiliş töxtatilganidan keyingi 10 kunlik, 1 yanvardan 10 yanvargaça bölgan davrda avtobuslarda kunlik yölovçi taşiş 43,5 foizga – 871 ming kişidan 1,19 million kişiga, tuşum esa 36 foizga – 8,5 milliard sömdan 11,5 milliard sömga oşgan.