Rossiya Tergov qömitasi «Krokus Siti Xoll» konsert zalidagi terakt böyiça oçilgan jinoyat işiga 27 nafar ayblanuvçini jalb qildi. Bu haqda Rossiya Tergov qömitasi rahbari Aleksandr Bastrikin «Rossiyskaya gazeta»ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Bastrikinning ta’kidlaşiça, 27 nafar ayblanuvçidan taşqari, teraktni taşkil etiş, tayyorlaş va moliyalaştirişga aloqadorlikda gumonlanayotgan boşqa şaxslar ham tergov qilinmoqda.

Rossiya Tergov qömitasi «Krokus» terakti işi böyiça ayblanuvçilar örtasida «yagona pul yiğiş markazi» orqali moliyaviy aloqalarni aniqlagan va uni tekşiriş davom etmoqda.

Bastrikin 146 kişi halok bölgan teraktni ötgan yilning eng jiddiy va fojiali voqeasi deb atadi.

Terakt 2024 yil 22 mart kuni keçqurun Moskva viloyatining Krasnogorsk şahridagi «Krokus Siti Xoll» konsert zalida sodir böldi. Zalga qurollangan şaxslar bostirib kirib, tomoşabinlarga qarata öq uzdi. Şundan söng portlaş sodir bölib, yonğin çiqdi. Sönggi ma’lumotlarga köra, teraktda 146 kişi halok bölgan, yana 551 kişi jarohatlangan.

23 mart kuni ertalab Bryansk viloyatida teraktning ehtimoliy ijroçilari qölga olindi: Dalerjon Mirzoyev, Saidakrom Rajabalizoda, Şamsidin Fariduni va Muhammadsobir Fayzov – barçasi Tojikiston fuqarolari.

Rossiya Tergov qömitasi terrorçilik harakati (Rossiya Jinoyat kodeksining 205-moddasi) böyiça jinoiy iş qözğatdi.

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) may oyida yana 20 nafar şaxs hibsga olingani haqida xabar berdi. Oktyabr oyida ularning «Viloyat Xuroson» terrorçi guruhiga aloqadorligi aytildi.