Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chilonzorda AQShga ishga yuborish uchun 40 ming dollar olgan shaxs ushlandi
Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi.
Toshkentning Chilonzor tumanida AQShga ishga yuborish uchun 40 ming dollar olgan shaxs ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, fuqaro N.M. fuqaro B.G.ning ishonchiga kirib, unga go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali AQShga borishi uchun viza olib berib, u yerda ish bilan ta’minlashi evaziga 40 ming dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
19:55
Jaziramadagi bayram: issiq sabab AQShdagi mustaqillik tadbirlari bekor qilinmoqda
22:57 / 03.07.2026
Donald Trampga 321 ta olmos ko‘zli uzuk sovg‘a qilindi - OAV
18:30 / 02.07.2026
AQSh 50 yillik taqiqdan so‘ng tovushdan tez uchuvchi samolyotlar parvoziga ruxsat beradi
19:37 / 01.07.2026