16 yanvar kuni AQŞ prezidenti Jo Bayden administratsiyasi Ukrainaga körsatilgan harbiy yordam böyiça hujjatlarning oxirgi qismini maxfiylikdan çiqardi — ular dronlarni işlab çiqarişni qöllab-quvvatlaşga oid maxfiy dasturga taalluqli, deb xabar beradi The New York Times.

Hujjatga köra, Qöşma Ştatlar texnik qöllab-quvvatlovdan taşqari, harbiy uçuvçisiz uçiş apparatlarini işlab çiqaradigan Ukraina korxonalariga kamida 1,5 milliard dollar sarflagan.

AQŞ mablağlarni dron işlab çiqaruvçilarni qöllab-quvvatlaş, ular uçun ehtiyot qismlarni xarid qiliş uçun ajratgan. Bundan taşqari, AQŞ Ukrainaga uçuvçisiz uçiş apparatlari dasturini işlab çiqişda ukrain harbiylariga yordam beriş uçun Amerika razvedkasi xodimlarini ham yuborgan.

AQŞ kömagida Ukraina öz hududida yangi avlod dronlarini işlab çiqara olgan va keyinroq uni kengaytirişga muvaffaq bölgan. AQŞ prezidentining milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Jyeyk Sallivanning ta’kidlaşiça, bu Rossiya—Ukraina uruşiga «real strategik ta’sir» körsatgan. Uning sözlariga köra, dronlar uruşda «borgan sari muhim ahamiyat kasb etmoqda» va ular kelajakdagi janglarning asosiy qurollaridan biriga aylanişi mumkin.

Sallivanning qayd etişiça, Ukraina ilk bor dronlardan 2022 yil kuzida birinçi qarşi hujum vaqtida foydalangan. 2023 yilda UQKning qarşi hujumi u qadar muvaffaqiyatli keçmagaç, amerikalik amaldorlar Ukrainada dronlar işlab çiqarilişiga köproq yordam ajratişga qaror qilgan. Prezident maslahatçisining qöşimça qilişiça, Rossiya armiyasi 2023 yilda Ukraina harbiylarining hujumini dronlardan foydalangan holda töxtatib qolişga erişgan.

2022 yil oxiri — 2023 yil boşida Rossiya—Ukraina uruşida «dronlar inqilobi» yuz berdi: ikkala armiyaning deyarli har bir bölinmasida tijoriy razvedka dronlari paydo böldi. 2023 yilda UQK, keyinroq Rossiya Qurolli kuçlari minglab kamikadze dronlarni qölga kiritdi. Öşa yilning oxirida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 2024 yilda mamlakat bu turdagi dronlardan 1 million dona, şuningdek, örta va uzoq masofaga möljallangan uçuvçisiz uçiş apparatlaridan kamida 10 ming dona işlab çiqarişni rejalaştirayotganini ma’lum qilgandi.