O‘zbekiston maktablarida Kembrij o‘quv dasturini joriy etish jadallashtiriladi
Britaniyaning Cambridge University Press and Assessment ta’lim tashkilotining Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Stiv King bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Foto: "Dunyo" AA
Cambridge University Press and Assessment – jahondagi eng yirik nashriyot va ta’lim tizimlarini yaratishga ixtisoslashgan tashkilotlardan biri hisoblanadi. U 1534 yilda tashkil topgan bo‘lib, butun dunyo bo‘ylab ilmiy va ta’limga oid nashrlar, ta’lim dasturlari, imtihonlar va baholash tizimlarini ishlab chiqadi. Uning faoliyati ta’lim va o‘qitish sohasida ilg‘or ilmiy va metodologik yondashuvlarni yaratishga qaratilgan.
Tashkilot Cambridge University Press hamda Cambridge Assessment kabi ikki tarkibdan iborat.
Cambridge University Press – ilmiy nashrlar, kitoblar, onlayn resurslar va ta’lim materiallarini ishlab chiqaradi. U turli fanlar, jumladan, til o‘rganish, ilm-fan, tarix, adabiyot va boshqa sohalarda nashrlari mavjud.
Cambridge Assessment – ta’lim baholash tizimlarini ishlab chiqadi, jumladan, bu mezonlar ta’limning yuqori darajasini ta’minlash va talabalarni baholashda yordam beradi.
Muloqot chog‘ida Stiv King O‘zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng-ko‘lamli islohotlarni va yoshlarning sifatli ta’lim olishi uchun yaratib berilayotgan sharoitlarni yuqori baholadi.
Uning ma’lum qilishicha, hozirda Kembrij tashkilotining ta’lim baholash tizimlari respublikaning barcha hududlaridagi ixtisoslashtirilgan maktablarda qo‘yilgan.
Suhbatdosh Cambridge University Press and Assessment'ning O‘zbekiston va Britaniya o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va kengaytirishga o‘z hissasini qo‘shishga tayyorligini bildirdi.
Xususan, Kembrij muassasasi bilan respublika maktablarida Kembrij o‘quv dasturini joriy etish va xalqaro standartlarni qabul qilish orqali hududda o‘qitish va ta’lim sifatini yanada oshirish hamda ta’lim dasturlarini respublikada keng joriy qilish, mutaxassislarining malaka oshirish loyihalarini O‘zbekistonda hamda Britaniyada tashkil etishda amaliy hamkorliklarni yanada jadallashtirishga kelishildi.
Tavsiya etamiz
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Diniy qo‘mita Umra litsenziyasi uchun talabgorlardan arizalar qabul qilishni boshladi
O‘zbekiston | 15:54
-
AQShda olti kun mashinada qamalib qolgan ayol kurtkasi yordamida omon qoldi
Jahon | 15:20
-
Yuk mashinasini qismlarga bo‘lib olib kirishga urinish aniqlandi
Iqtisodiyot | 15:03
-
AP: Isroil va AQSh Sudan va Somaliga G‘azo sektoridan falastinliklarni qabul qilish taklifi bilan murojaat qildi
Jahon | 14:56
Mavzuga oid

14:10 / 20.02.2025
O‘quvchilarni tartibga chaqirgan “zo‘ravon rais” - Qoziroboddagi maktabda o‘zi nima bo‘ldi?

18:06 / 19.02.2025
Noma’lum shaxs Toshkentdagi 71-maktabda «qirg‘in» uyushtirish bilan tahdid qildi

15:15 / 14.02.2025
Har bir tuman va shaharda kamida bittadan inklyuziv maktab tashkil etiladi

14:01 / 13.02.2025