AQŞ prezidenti Donald Tramp köplab maxfiy hujjatlarni, xususan, mamlakatning 35-rahbari Jon Kennedi öldirilişi bilan boğliq hujjatlarni oşkor qilişga va’da berdi.

Tramp 20 yanvar kuni poytaxt Vaşingtondagi Capital One Arena sportzalida minglab tarafdorlari bilan uçraşdi.

U sobiq prezident Jon Kennedi va qortanlilar huquqlari harakati yetakçisi Martin Lyuter Kingning öldirilişi bilan boğliq maxfiy hujjatlarni lavozimga kirişganidan söng oşkor qilişini aytdi.

«Biz jamoatçilikni qiziqtirgan boşqa masalalarga oid hujjatlarni ham e’lon qilamiz», deb qöşimça qildi Tramp.

U avvalroq, jamoatçilik bu masalalar böyiça töliq şaffoflikka loyiq ekanini aytgan edi.

AQŞ 35-prezidenti Jon Kennedi 1963 yil 22 noyabrda Dallasda (Texas ştati) öldirilgan. U oçiq limuzinda ketayotib, miltiqdan öq yeb, halok böldi. Rasmiy tergov qotil Li Harvi Osvald ekanini e’lon qildi, u yolğiz harakat qilgani aytildi. Biroq, bu jinoyatda boşqa şaxslar yoki guruhlarning iştiroki haqida köplab fitna nazariyalari mavjud. Kennedi ölimi bilan boğliq tergov hujjatlari maxfiylaştirilgan.

AQŞ qoratanli fuqarolari huquqlari yetakçisi Martin Lyuter King 1968 yil 4 aprelida Tennessi ştatining Memfis şahrida öldirildi. U Lotaringiya motelining balkonida otib öldirildi. Jyeyms Erl Rey qotillikda ayblanib, öz aybiga iqror böldi, biroq keyinçalik özining aybsizligini e’tirof qildi. Martin Lyuter King ölimi bilan boğliq tergov hujjatlari ham maxfiylaştirilgan.