Boysundagi gaz konida yonar buloqlar, qöllari kesilgan çaqaloq, vahimali yolğon xabar tarqatganlarga berilgan jazo va Volgaböyidan kelayotgan qorli havo — ötgan kun davomida Kun.uz’da yoritilgan Özbekiston yangiliklari bilan taniştiramiz.

Boysundagi gaz konida yonğinli maydonlar

Surxondaryo viloyati Boysun tumanida joylaşgan «Mustaqillikning 25 yilligi» gaz konida olovli maydonlar hosil bölgani haqida xabar berildi. Kun.uz tahririyatiga yuborilgan videotasvirlarda konning ayrim qismlaridan gaz sizib çiqib, bir neça öt öçoqlari hosil bölgani aks etgan.

Mahalliy aholining ma’lum qilişiça, gaz çiqişi oqibatida katta quduqlar atrofida kiçik-kiçik tirqişlar paydo bölgan va ular yoqib qöyilgan. Hududda hali ham gaz sizib çiqayotgan öt öçoqlari borligi, ularni kuzatiş uçun maxsus nazoratçilar qöyilgani aytiladi.

Olingan ma’lumotlarga köra, nazoratçilar har bir gaz çiqiş nuqtasiga joylaştirilgan. Hududda 18-19 ta kiçik maydonda gaz çiqiş holatlari kuzatilmoqda.

Ayrim fuqarolar sassiq gaz hidi sezilmayotganini, lekin vaziyatdan taşvişda ekanliklarini ta’kidlamoqda.

Kun.uz holat böyiça Energetika vazirligiga murojaat qilgan, ammo hozirça rasmiy javob olinmagan. Eslatib ötamiz, «M25» konidagi muammolar 2024 yil sentabr oyidagi avariyadan keyin boşlangan. Uşbu hodisada aholi köçirilgan, ikkinçi avariyada esa pudratçi kompaniyaning 4 xodimi halok bölgan.

Noyabr oyida konning yana portlagani va bu hodisadan keyin yonğin va badböy hidning kamaygani xabar qilingan edi. Energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov öşanda vaziyatni barqarorlaştiriş 2-3 oy vaqt olişini ma’lum qilgan.

Çaqaloqning qöllari kesildi

Toşkentdagi 1-son bolalar şifoxonasida 2 oylik çaqaloqning qöli amputatsiya qilinişiga oid holat yuzasidan Soğliqni saqlaş vazirligi bayonot berdi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumotga köra, çaqaloqning qöli gangrena tufayli kesilgan.

Rasmiy ma’lumotga köra, çaqaloq 2024 yil 9 dekabr kuni yuqori tana harorati, yötal va bezovtalik alomatlari bilan şifoxonaga yotqizilgan. Dastlab unga şifoxonadan taşqari pnevmoniya taşxisi qöyilgan va çaqaloqlar patologiyasi bölimiga joylaştirilgan. Keyingi tekşiruvlar natijasida çaqaloqda sepsis, septisemiya, Covid-19 pnevmoniyasi va tuğma yurak nuqsoni aniqlangan.