Nepal hukumati xorijliklar uçun Everest çöqqisiga çiqiş tölovlarini oşirdi va dunyodagi eng baland toğda çiqindilar va baxtsiz hodisalarga qarşi kuraşga qaratilgan bir qator çora-tadbirlarni joriy qildi. Bu haqda The Kathimandu Post mamlakat hukumati qaroriga tayanib xabar berdi.

Yangi qoidalarga köra, çet elliklar uçun bahor mavsumida (mart-may) çöqqiga çiqiş uçun tölov 11 ming dollardan 15 ming dollarga, kuz mavsumida (sentabr-noyabr) 5,5 ming dollardan 7,5 ming dollarga, qişda (dekabr-fevral) va yomğirli mavsumda (iyun-avgust) - 2,75 ming dollardan 3,75 ming dollargaça kötarilgan.

Vazirlar Mahkamasi, şuningdek, balandligi 8000 metrdan ortiq bölgan istalgan toğga, jumladan Everestga (janubiy çöqqi 8760 metr balandlikda) çiqiş uçun har ikki alpinist gid yollaşi kerak degan qarorga keldi.

Hujjatga köra, bahor fasli boşlanişi bilan alpinistlar çiqindilarni utilizatsiya qiliş uçun toğ etagidagi lagerga olib tuşişi, şuningdek, çiqindilarni yuqoriroq nuqtalarda töplaş uçun biologik parçalanadigan qoplarni olib yurişi ham talab qilinadi.

Nepalda toğ çöqqilariga çiqiş paytida alpinistlar bilan boğliq baxtsiz hodisalar muntazam ravişda sodir böladi. 2023 yilda Everestda 18 kişi halok böldi, bu 70 yillik rekord körsatkiç hisoblanadi. 2024 yilda Everestda 8 kişi halok böldi, ulardan 3 nafari bedarak yöqolgan deb taxmin qilinmoqda.

1920 yillarda Everestga birinçi kötariliş boşlanganidan beri 300 nafardan ortiq odam halok bölgan. Ölimning asosiy sabablari - qor köçkilari, qulaşlar, muzliklarning qulaşi, ekstremal ob-havo şaroitlari ta’siri va balandlik kasalligi.