Nodavlat OTMlardan oliy ta’lim muassasalarini rivojlantiriş jamğarmasiga tölov-kontraktdan tuşadigan mablağning 4 foizini ötkazib beriş talabi yana kun tartibiga çiqdi. Iqtisodçi Yuliy Yusupovning yozişiça, xususiy oliygoh rahbarlari bilan majlis ötkazilib, ulardan kontraktdan tuşadigan mablağning 4 foizini ötkazib beriş söralgan. Yusupovga köra, rektorlarga şartnomalar tarqatilib, ularga bu vaziyatda “jamoatçilik va deputatlar yordam bera olmasligi” aytilgan.
Xuddi şu talab dekabr oyida ham qöyilgan, öşanda masalaga jamoatçilik e’tibor qaratişi ortidan, deputat Dilmurod Ortiqov oliy ta’lim vaziri va boş prokurorga deputatlik sörovi kiritgandi.
Holat takrorlangani haqilagi xabar ham ijtimoiy tarmoqlarda tanqidiy qarşi olindi. Birinçilardan bölib munosabat bildirgan iqtisodçi Otabek Bakirovning fikriça, mas’ullar bu holatda “sal esdan çiqsin, bilganimizni qilamiz” qabilida iş tutmoqda.
“Ixtiyoriy-majburiy tuzdirilayotgan şartnomalar haqida ötgan kuni universitet oçgan tadbirkorlar aytganda, töğrisi, işonmagandim. Kimgadir litsenziyasini tortib olib qöyiş, kimgadir tekşiriş uyuştirib, böyniga “ayb” qöyiş bilan tahdidlar bölgan. Bu – 2015 yildagi qip-qizil eski Özbekiston. Öz ixtiyori bilan “şartnoma tuzib”, 4 foizlik tovon tölamaganlarga qarşi bu ketişda reketçilar “maski şou” uyuştirişsa ham kerak”, – deydi u.
Profi universiteti asosçisi Bektoş Hotamov holat haqida universitet rahbarlari bilan gaplaşgani, ularga heç kim şartnoma bermaganini yozgan. Lekin bu rost bölsa, holat 90-yillarni eslatişiga işora qilgan.
“Özi “soliq” solmoqçimisiz? Bu sizning tilingizda “dolya” deyiladi, şu “dolya” berilmasa, nima böladi? Öldirib yuborasizlarmi? 90-yillarga qaytamizmi? Agar şartnoma deb ayta olsak, öşa yuridik jihatdan bir tiyinga qimmat şartnomaga amal qilmasa, nima böladi? Osmon qölingizda bölsa, taşlab yuboring-ye, şu boşimizga tuşib, ölib qolaylik”, – degan Hotamov.













