Sönggi tört yil içida Yaqin Şarqda vaziyat keskin özgardi. Eronning «Qarşilik öqi» zaiflaşdi; Başar Asad endi Suriya yetakçisi emas; Saudiya Arabistoni Eron bilan avvalgidek keskin qarama-qarşilikda emas; Isroil Eronning yadroviy obektlariga zarba beriş bilan tahdid qilmoqda. Şu bilan birga, arab-isroil mojarosi yana kuçaydi, falastinliklar masalasi esa hali ham hal etilmagan.

Tramp özini tinçlik uçun Nobel mukofotiga munosib, deb hisoblaydi. U Bayden muvaffaq bölmagan iş — Yaqin Şarq va Yevropadagi uruşlarni tugatişni istaydi. Yevropa haqida gapirar ekan, u Rossiyaning Ukrainaga bosqiniga ham e’tibor qaratgan.

«Buni tugataylik, tinçlikka qaytaylik va odamlarni öldirişni töxtataylik», — degandi Tramp ötgan yil bahorida Ğazo mojarosi borasida intervyu berganida. Biroq, bunday maqsadga qanday yetişmoqçi ekani haqida aniq ma’lumot bermagan.

Ekspertlar Trampning yondaşuvini taxmin qilib bölmaydigan, betartib va şaxsiy manfaatlarga asoslangan, deb baholaşadi. Uning uslubi va munosabati özgarişi mumkin, biroq Yaqin Şarq böyiça siyosatining umumiy yönalişi asosan avvalgidek qoladi. Bayden Trampning siyosatiga keskin qarşi çiqmagani kabi, Tramp ham Baydenning ba’zi taşabbuslarini davom ettirişi ehtimoldan xoli emas.

Biroq, bu yölda jiddiy buriliş nuqtalari bor. Ana şu asosiy muammolarga Tramp qanday munosabatda bölişi uning ikkinçi prezidentlik muddati oxirida Yaqin Şarq qanday bölişiga ta’sir körsatadi, deb yozadi BBC.

Foto: EPA

Donald Tramp ilk prezidentlik muddatida qator arab davlatlarini Isroilni tan olişga işontirişga va Saudiya Arabistonini Isroil bilan muzokaralar ötkazişga çaqirişga muvaffaq bölgan edi. U ikkinçi muddatda ham şu yölni davom ettirib, Avraam kelişuvlarini yanada kengaytirişni maqsad qilgan.

Trampning Yaqin Şarq böyiça siyosatining boşqa ikki asosiy tamoyili – Isroilni töliq qöllab-quvvatlaş hamda Eronning yadroviy dasturiga keskin qarşi turiş.

Biroq, uşbu maqsadlarni amalga oşiriş oson bölmaydi. Çunki Yaqin Şarqda Trampning birinçi muddati davridan beri vaziyat jiddiy özgargan. Eronning mintaqaviy ta’siri zaiflaşgan bölsa-da, arab-isroil mojarosi yana kuçaydi va Falastin masalasi töliq hal etilmaganiça qolmoqda.