Kapitoliydagi marosimda dastlab Trampning vitse-prezidenti Jyey Di Vens, keyin esa — Donald Trampning özi qasamyod qildi.
Trampning inauguratsiyasi odatdagi kabi Kapitoliy atrofida emas, içkari qismida taşkillaştirildi. Bunga hududdagi sovuq ob-havo sabab bölgan (inauguratsiya joyi özgargani haqida saylangan prezident uç kun oldin e’lon qilgandi).
Marosimga borişdan oldin Tramp va uning rafiqasi Melaniya Oq uyni tark etayotgan Jo Bayden mehmoni bölib, uning oilasi bilan çoyxörlik qildi — bu prezidentlar almaşuvi vaqtidagi an’ana hisoblanadi (ammo Trampning özi Bayden 2021 yilda prezidentlikka saylanganida uning inauguratsiyasiga bormagan va çoyxörlik ham bölmagandi).
Inauguratsiya marosimidan oldinroq RF prezidenti Vladimir Putin Trampni lavozimga kirişişi munosabati bilan tabriklab, u bilan muloqotga tayyorligini ma’lum qildi. «Biz AQŞning qayta saylangan prezidenti va uning jamoasining Rossiya bilan uzilgan aloqalarni tiklaş haqidagi bayonotlarini körmoqdamiz <…> Şuningdek, uçinçi jahon uruşiga yöl qöymaslik uçun barça işni qiliş zarurati töğrisidagi bayonotlarni ham eşityapmiz. Biz, şuningdek, yangi administratsiya bilan Ukraina mojarosi böyiça muloqotga oçiqmiz. Eng muhimi — biz bir neça bor gapirgan inqirozning birlamçi sabablarini bartaraf etiş. Kelişuvning maqsadi qisqa muddatli sulh emas, balki mintaqada yaşovçi barça odamlar, barça xalqlarning qonuniy manfaatlarini hurmat qilişga asoslangan uzoq muddatli tinçlikka erişiş bölişi kerak», — deya ta’kidlagan Putin.
AQŞda 2024 yilgi prezidentlik saylovlari yakunlari 6 noyabr kuni e’lon qilingandi. Unda respublikaçilar nomzodi Donald Tramp ğolib böldi — u amaldagi prezident Jo Bayden poygani tark etganidan keyin Demokratik partiyadan nomzod qilib körsatilgan Kamala Harrisni mağlub etdi. Tramp ikkinçi bor Oq uyga rahbarlik qiladi — uning birinçi muddati 2017 yildan 2021 yilga qadar davom etgandi.













