Belarus hukumati mamlakatda internetga çeklov joriy etiş va blogerlarni taqiqlaş böyiça çoralar körişni rejalaştirmayapti. Bu haqda respublika prezidenti Aleksandr Lukaşenko ma’lum qildi.
Lukaşenkoning ta’kidlaşiça, köpçilik, ayniqsa, çet eldagi belaruslar mamlakatda bölib ötadigan prezidentlik saylovlaridan oldin internet çeklanişi haqida gapirmoqda. «Biz heç qaçon bu haqida öylamaganmiz. Internetni xohlayapsizmi — ötiravering u yerda», — deydi Lukaşenko Minksdagi avtozavod işçilari bilan muloqotda.
Belarus prezidentining hisoblaşiça, blogerlar faoliyati davlat uçun muammo tuğdirmaydi va biror-bir çeklovçi çoralarni körişga hojat yöq.
«Taqiqlaş — bu oson: taqiqlaysan — ötirasan, xursand bölib. Taqiqlar har doim ham foyda bermaydi. Ğalaba qozoniş lozim. Biz yaxşiroq ekanimizni isbotlaşimiz kerak», — deydi Lukaşenko.
Şu bilan birga, u davlat xavfsizligi va suverenitetini saqlaşga taalluqli masalalar böyiça barça zarur çoralarni körişini aytib ötgan.
Belarusda prezidentlik saylovlari 2025 yil 26 yanvarda bölib ötadi. Lukaşenko 1994 yildan beri respublika prezidenti sifatida faoliyat yuritib kelmoqda va bu safar u yettinçi marta saylovlarda öz nomzodini ilgari suradi.
2020 yil 9 avgust kungi prezidentlik saylovlaridan keyin Lukaşenkoning ğalabasi e’lon qilingaç, Belarusda yarim yildan ortiq vaqt ommaviy norozilik namoyişlari bölib ötgandi. Muxolifat Lukaşenkoning iste’fosini, siyosiy mahbuslar ozod etilişi va yangi saylovlar ötkazilişini talab qildi. Norozilik aksiyalari kuçişlatar tuzilmalar tomonidan kuç bilan bostirilganidan keyin töxtagan edi.












