AQŞning 47-prezidenti lavozimiga kirişgan Donald Tramp Kongressda ötkazilgan inauguratsiya marosimidan keyinoq noqonuniy migrantlarni deportatsiya qiliş va qat’iy migratsion tizim joriy etişga va’da berdi.
Migratsion siyosatga alohida e’tibor qaratişini qayd etgan Tramp, mamlakat çegarasidagi vaziyatni «bosqin» deb baholadi va AQŞ tarixida misli körilmagan ommaviy deportatsiyalarni amalga oşirişini ma’lum qildi.
Uning sözlariga köra, yangi taşabbus barça noqonuniy migrantlarga taalluqli emas, faqat jinoiy ötmişga ega 500 ming şaxslarni qamrab oladi. Bu körsatkiç 2013 yilda Barak Obama ma’muriyati davrida deportatsiya qilingan 430 ming kişilik rekorddan ham oşib ketadi.
Tramp Haiti va Sudan kabi mamlakatlardan kelgan qoçqinlarni himoya qiliş çoralarini bekor qiliş va avval faqat jiddiy jinoyatçilarni deportatsiya qilişga qaratilgan siyosatni qayta körib çiqiş niyatida. Bu pandemiya davrida qöllanilgan usullar yordamida migrantlarni tezda çiqarib yuboriş imkonini beradi.
Tramp öz nutqida noqonuniy migrantlarni «jinoyatçilar» deb atadi va ularning mamlakatga sud işlarini kutiş jarayonida kirib kelişini taqiqlaş uçun yangi farmon çiqariş niyatida ekanligini qayd etdi.
Jumladan, respublikaçilar tomonidan «tut va qöyib yubor» siyosatini tugatiş taklifi ham Trampning ustuvor rejalari qatoridan örin olgan. Bu noqonuniy migrantlarni sudgaça qöyib yuboriş amaliyotiga çek qöyadi.
Prezident çegarada favqulodda holat e’lon qilişni ham rejalaştirmoqda. Buning uçun AQŞning janubiy çegarasida qöşin joylaştiriş niyatida ekanligini ham ma’lum qildi. Trampning ta’kidlaşiça, bu kabi qat’iy çoralar mamlakat xavfsizligini ta’minlaş uçun zarurdir.
«Men janubiy çegaramizda favqulodda holat e’lon qilaman. Çegarani noqonuniy kesib ötişlarga barham beriladi. Noqonuniy migrantlarni öz vatanlariga deportatsiya qilişni boşlaymiz», degan Tramp.
Tramp Venesueladagi Tren de Aragua jinoiy guruhini alohida tilga oldi.
«Bular yovuz odamlar va ular bizning mamlakatdan haydaladi», — dedi Tramp. AQŞning yangi prezidenti hukumatga çet el jinoiy guruhlarini yöq qiliş uçun barça vakolatlarni işlatiş böyiça körsatma berişini aytgan.












