Luiziana va Texas ştatlarining ayrim hududlarida tarixda birinçi marta qor böronidan ogohlantiriş e’lon qilindi, deb xabar beradi The New York Times. Şuningdek, janubiy ştatlar gubernatorlari favqulodda holat e’lon qildi.

22 yanvar kuni Texasda havo harorati 34 darajagaça sovigan, Ayovaning ayrim hududlarida esa harorat Tselsiy böyiça 38 daraja sovuqqaça tuşgan. Hyustonga 8 santimetr qalinligida qor yoqqan — bu bir neça yil davomida yoqqan qorlarni qöşib hisoblagandan ham köp. Yangi Orlean aeroportiga esa 20 santimetr qalinlikda qor yoqqan bölib, bu ham rekord hisoblanadi. Eng köp qor Luizianaga yoqqan — 26 santimetrgaça.

Anomal sovuqlar sabab ön kişi halok bölgan. Ob-havo tufayli aeroportlar 2 mingta reysni bekor qilgan, yana 13 mingta parvoz keçiktirilgan. Şimoldagi deyarli barça ştatlarni janub bilan birlaştiruvçi I-10 avtomagistrali yopilgan.

AQŞga Arktika sikloni bilan kuçli sovuq şamollar ham kelgan. Prognozlarga köra, sovuq ob-havo bir neça kun davomida saqlanib qoladi. Mamlakatda kuçli qor böronlari kuzatilişi haqida yanvar boşlarida ogohlantiriş berilgan. Vaşingtonda 5 yanvardan beri favqulodda holat rejimi amalda.