Amerikaning Alphabet Inc korporatsiyasi tarkibiga kiruvçi Google kompaniyasi Anthropic sun’iy intellekt startapiga 1 milliard dollardan ortiq investitsiya kiritadi. Bu haqda Financial Times naşri xabar berdi.
Bunqa qadar Google Anthropic’ka 2 milliard dollar investitsiya kiritgan.
Anthropic, şuningdek, Lighspeed Venture Partners fondi boşçiligidagi Kremniy vodiysining vençur investorlaridan ham 2 milliard dollar jalb etişga yaqin turibdi. Uşbu bitim doirasida kompaniya 60 milliard dollar atrofida baholanişi kutilmoqda — bu avvalgi investitsiya raundidan taxminan uç baravar köp.
Amazon kompaniyasi oxirgi 1,5 yilda Anthropic’ka 8 milliard dollar miqdorida investitsiya kiritganini e’lon qilgan va startapni butun dunyo böylab 500 million iste’molçi qurilmasiga örnatilgan Alexa ovozli yordamçisiga integratsiya qiliş ustida iş olib bormoqda.
Anthropic 2021 yilda, ÇatGPT’ni yaratgan OpenAI kompaniyasidan çiqqan mutaxassislar tomonidan işlab çiqilgan. Kompaniya bazaviy sun’iy-intellekt tizimlari va til modellari, Claude sun’iy intellekt assistentini takomillaştirişga ixtisoslaşgan.

















