24 yoşli ayolning eri tomonidan ölasi qilib kaltaklanib, Çinozdagi kasalxonada yotgani aytilgan xabarlar yuzasidan Toşkent viloyati Içki işlar boşqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
Ta’kidlanişiça, 16 yanvarda Oqqörğon tumanida 1988 yilda tuğilgan fuqaro K.G. va uning 2001 yilda tuğilgan turmuş örtoği Ş.U. örtasida oilaviy kelişmovçilik kelib çiqqan. Janjal vaqtida fuqaro ayolni urib, unga tan jarohati yetkazgan. Jabrlanuvçi Çinoz tumani tibbiyot bölimiga murojaat qilgan. Ayolning eri protsessual tartibda uşlanib, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 126(1)-moddasi (oilaviy maişiy zöravonlik) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
IIBB tergov harakatlari davom etayotgani, jabrlanuvçining tan jarohatlari böyiça sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlanganini ma’lum qildi. “Holat Toşkent viloyati IIBB tomonidan qat’iy nazoratga olingan. Tergov yakunlari böyiça qöşimça ma’lumot beriladi”, – deyiladi rasmiy munosabatda.

















