Los-Anjyelesda Amerika kinoakademiyasining nufuzli «Oskar» mukofotiga nomzodlar e’lon qilindi.

«Eng yaxşi film» nominatsiyasi: «Anora», «Brutalist», «Notaniş Bob Dilan», «Konklav», «Dyuna: ikkinçi qism», «Emiliya Peres», «Hamon şu yerdaman», «Nikel» bolakaylari», «Substansiya» va «Zolim ayol».

«Eng yaxşi rejissyor» nominatsiyasi: Şon Beyker («Anora»), Breydi Korbe («Brutalist»), Jyeyms Mengold («Notaniş Bob Dilan»), Jak Odiar («Emiliya Peres») va Korali Farja («Cubstansiya»).

«Eng yaxşi aktrisa» nominatsiyasi: Demi Mur («Substansiya»), Sintiya Erivo («Zolim ayol»), Mayki Medison («Anora»), Karla Gaskon («Emiliya Peres») va Fernanda Torres («Hamon şu yerdaman»).

«Eng yaxşi aktyor» nominatsiyasi: Edrian Broudi («Brutalist»), Timoti Şalame («Notaniş Bob Dilan»), Kolman Domingo («Sing Sing»), Reyf Fayns («Konklav») va Sebastian Sten («Şogird»).

«Ikkinçi plandagi eng yaxşi aktrisa» nominatsiyasi: Ariana Grande («Zolim ayol»), Monika Barbaro («Notaniş Bob Dilan»), Felisiti Jons («Brutalist»), Jyeymi Li Kertis («Şougyorl»), Izabella Rossellini («Konklav») va Zoi Saldana («Emiliya Peres»).

«Ikkinçi plandagi eng yaxşi aktyor» nominatsiyasi: Yura Borisov («Anora»), Kiran Kalkin («Haqiqiy oğriq»), Edvard Norton («Notaniş Bob Dilan»), Gay Pirs («Brutalist») va Jyeremi Strong («Şogird»).

Nominatsiyalar soni böyiça «Emiliya Peres» filmi yetakçilik qilmoqda — 13 ta, «Zolim ayol» va «Brutalist» 10 ta nominatsiyaga ega, «Anora» - 6 ta.

«Oskar» mukofotini topşiriş marosimi 2 mart kuniga rejalaştirilgan.