AQŞ prezidenti Donald Tramp 23 yanvar, payşanba kuni AQŞning 35-prezidenti Jon Kennedi, uning ukasi, AQŞ sobiq boş prokurori Robert Kennedi va voiz Martin Lyuter Kingning öldirilişi bilan boğliq hujjatlarni maxfiylikdan çiqariş töğrisidagi farmonni imzoladi.
«Prezident Jon Kennedining öldirilişi bilan boğliq hujjatlardagi ma’lumotlarni tahrirlaş va yaşirişni davom ettiriş jamoat manfaatlariga mos kelmaydi va bu yozuvlarni e’lon qiliş muddati ançadan buyon ötib ketgan degan xulosaga keldim», — deyiladi Oq uy saytida e’lon qilingan hujjatda.
Milliy razvedka direktori va boş prokuror prezidentning Milliy xavfsizlik masalalari böyiça yordamçisi va prezident maslahatçisi bilan birgalikda 15 kun muddatda prezidentga Jon Kennedining öldirilişiga oid tergov bilan boğliq hujjatlarni töliq e’lon qiliş rejasini taqdim etişlari şart.
Bundan taşqari, 45 kun içida ular Robert Kennedi va Martin Lyuter Kingning öldirilişi böyiça tergov materiallarini örganişlari va ularni e’lon qiliş rejasini taqdim etişlari kerak.
Uçta şov-şuvli qotillik
Jon Kennedi AQŞ prezidenti etib saylanganidan ikki yil ötib, 1963 yil 22 noyabrda Dallasga rasmiy taşrifi çoğida otib öldirilgan. Sobiq dengiz piyoda askari Li Xarvi Osvald qotillikda gumonlanib hibsga olindi. U uç kundan keyin tungi klub egasi Jyek Rubi tomonidan otib öldirilgan, keyinçalik u qamoqda vafot etgan.
Uning ukasi Robert Kennedi AQŞ boş prokurori (1961-1964) va Nyu-York ştatidan senator (1965-1968) bölgan. U demokrat sifatida prezidentlikka da’vogarlik qilgan va 1968 yil 5 iyunda Los-Anjyelesda saylovoldi taşviqoti mitingida otib öldirilgan. Falastinlik Sirxan Sirxon jinoyat sodir etilgan joyda qölga olingan. 1969 yilda u ölimga hukm qilingan, ammo keyinçalik hukm umrbod qamoq jazosiga almaştirilgan.
1968 yil 4 aprelda Memfisda (Tennessi) qora tanlilarning fuqarolik huquqlari harakati rahbari, baptist voiz Martin Lyuter King öldirildi. Unga: «Tört farzandim bir kun kelib teri rangiga emas, şaxsiy xizmatlariga qarab baholanadigan yurtda yaşaşini orzu qilaman», degan ibora tegişli. Bir neça marta sudlangan Jyeyms Erl Grey Martin Lyuter Kingning öldirilişida ayblanib, 99 yilga qamalgan. U 1988 yilda qamoqda vafot etdi.


















