2024 yilda jinoyat sodir etgan mansabdor şaxslarning soni keskin oşgan. Bu haqda Boş prokuratura xabar bermoqda.
2024 yilda mansabdor şaxslarga nisbatan 3 821 ta jinoyat işi qözğatilgan. Ularda 4 906 nafar mansabdor şaxs javobgarlikka tortilgan.
2023 yilda mansabdor şaxslarga nisbatan 3 412 ta jinoyat işi qözğatilgan. Ularda 3 575 nafar mansabdor şaxs javobgarlikka tortilgan.
Ötgan yilda javobgarlikka tortilgan mansabdor şaxslarning mavqeyi quyidagiça bölgan:
- respublika miqyosidagi xodimlar – 71 nafar;
- viloyat miqyosidagi xodimlar – 410 nafar;
- tuman (şahar) miqyosidagi xodimlar – 4 425 nafar.
2023 yilda jinoyat sodir etgan respublika miqyosidagi xodimlar soni 49 nafar, viloyat miqyosidagi xodimlar 267 nafar, tuman (şahar) miqyosidagi xodimlar 3 259 nafar bölgan.
Javobgarlikka tortilgan mansabdor şaxslar sodir etgan jinoyat turlari quyidagiça bölgan:
- özganing mulkini özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qilganlar – 2 929 nafar (2023 yilda 2 205 nafar bölgan);
- pora olgan va berganlar, pora oldi-berdisida vositaçilik qilganlar – 353 nafar (2023 yilda 195 nafar bölgan);
- firibgarlik qilganlar – 447 nafar (2023 yilda 272 nafar bölgan);
- mansab vakolatini suiiste’mol qilganlar – 226 nafar (2023 yilda 397 nafar bölgan);
- hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan çetga çiqqanlar – 13 nafar (2023 yilda 30 nafar bölgan);
- mansab soxtakorligiga yöl qöyganlar – 13 nafar (2023 yilda 36 nafar bölgan);
- mansabga sovuqqonlik bilan qaraganlar – 40 nafar (2023 yilda 25 nafar bölgan);
- boşqa jinoyatlarni sodir etganlar – 885 nafar (2023 yilda 415 nafar).
















