21-23 yanvar kunlari Toşkent şahrida Afğoniston jamoat işlar vazirining temiryöl masalalari böyiça örinbosari Muhammad Sohibzoda boşçiligidagi delegatsiya bilan samarali uçraşuvlar taşkil etildi, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.

Qayd etilişiça, transport vaziri Ilhom Mahkamov boşçiligida ötkazilgan uçraşuvda afğon tomoni bilan transafğon temiryöl quriliş loyihasini amalga oşirişni jadallaştiriş yuzasidan fikr almaşilgan va tomonlar kelgusi işlarni taşkil etiş böyiça kelişib olgan.

Şu bilan birga, ikki davlat temiryöl ma’muriyatlari örtasida faol hamkorlikni yanada mustahkamlaş maqsadida Hayraton—Mozori-Şarif temiryölidan foydalaniş va unga xizmat körsatiş böyiça şartnomani uzaytiriş yuzasidan kelişuvga erişilgan.

Bunda «Özbekiston temir yöllari» AJning «Sogdiana trans» MÇJ Hayraton—Mozori-Şarif temiryöliga xizmat körsatuvçi operator sifatida saqlanib qoladi.

Ma’lumot uçun, loyiha qiymati 129 mln dollar, uzunligi 75 km bölgan Hayraton—Mozori-Şarif temiryöli 2010 yilning noyabr oyida qurib bitkazilgan. Uni boşqariş va texnik xizmat körsatiş işlarini 2011 yilning dekabridan beri «Özbekiston temiryöllari» aksiyadorlik jamiyati şu’ba korxonasi «Sogdiana trans» amalga oşirib kelayotgan edi.

2023 yilda Termizda Afğoniston temiryöl boşqarmasi va «Sogdiana Trans» örtasida Hayraton—Mozori Şarif temiryölida ekspluatatsiya işlarini davom ettiriş töğrisida yangi kelişuv imzolangan. Yangi kelişuvga köra, «Sogdiana Trans» «Hayraton—Mozori Şarif» temiryöliga yana 2 yil xizmat körsatişi kerak.