«Özgidromet» 28 yanvar, seşanba kuni kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Toşkent şahrida havo biroz bulutli böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Keçasi va ertalab tuman tuşişi mumkin. Şarqiy şamol yönalişini özgartirib, ğarbdan 3–8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat keçasi 0...+2 daraja, kunduzi +6...+8 daraja böladi.

Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli böladi, ayrim joylarda biroz qor yoğişi, tuman tuşişi mumkin. Şarqiy şamol yönalişini özgartirib, ğarbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat keçasi –3...–8 daraja, kunduzi –2...+3 daraja böladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli böladi, keçga tomon bir oz yoğingarçilik (yomğir, qor) bölişi mumkin. Ayrim joylarga tuman tuşişi mumkin. Şarqiy şamol yönalişini özgartirib, ğarbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat keçasi –2...+3 daraja, kunduzi +5...+10 daraja, Navoiy viloyati şimolida harorat keçasi –3...–8 daraja, kunduzi –2...+3 daraja böladi.

Toşkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli böladi, yoğingarçilik kutilmaydi, faqat Samarqand viloyatida keçga tomon biroz yoğingarçilik (yomğir, qor) bölişi mumkin. Ayrim joylarga tuman tuşişi mumkin. Şarqiy şamol yönalişini özgartirib, ğarbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat keçasi –2...+3 daraja, kunduzi +5...+10 daraja böladi.

Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat keçasi 0...+5 daraja, kunduzi +7...+12 daraja böladi.

Andijon, Namangan va Farğona viloyatlarida havo biroz bulutli böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tuşişi mumkin. Şamol şarqdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat keçasi –3...+2 daraja, kunduzi +4...+9 daraja böladi.

Respublikaning toğoldi va toğli hududlarida havo biroz bulutli böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tuşişi mumkin. Toşkent va Namangan viloyatlari hududlarida qor köçiş xavfi bor. Şamol şarqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat keçasi 0...–5 daraja, kunduzi +2...+7 daraja böladi.