27 yanvar kuni Olmaota sudida «Yovvoyi Arman» (Dikiy arman) nomi bilan tanilgan Arman Jumageldiev va Olmaotadagi mahalliy kengaş deputati Qayrat Kudaybergenning işi böyiça sud jarayoni yakunlandi. Ular 2022 yil yanvarida Qozoğistondagi namoyişlar vaqtida ommaviy tartibsizliklarni uyuştirganlik va unda iştirok etganlikda ayblanmoqda.
Sud xujjatlariga tayanib, mahalliy OAV tarqatgan xabarga köra, Milliy xavfsizlik qömitasi xodimi Ruslan Iskaqov köp yillar davomida Arman Jumageldievning uyuşgan jinoiy guruhini himoya qilib kelgan. Hatto u bilan raqobatlaşadigan guruhlarni yöq qilgan. Sobiq MXQ xodimi Arman Jumangeldiyevning «psixologik jihatdan barqaror qörqmas sportçilar»dan uyuşgan jinoiy guruh tuzişga köndirgan.
Jumangeldiyev 2017 yildan boşlab Turkiyadan turib guruhni boşqarib kelgan hamda yanvar voqealaridan 1 oy oldin, 2021 yil dekabr oyida Qozoğistonga qaytib kelgan.
Sudda aytilişiça, 7 yanvarga kelib tartibsizliklar uyuştiriş rejasi barbod bölganini bilgaç, Armanning guruhi simulyatsiyaga ötadi. Ya’ni ommaviy tartibsizliklarda qatnaşgan aholini qölga olib, «jazolagan». Bu topşiriqlarni unga Milliy xavfsizlik qömitasi raisining sobiq örinbosari Ruslan Iskaqov berib kelgan.
Olmaota sudi 2022 yil yanvar voqealari böyiça «Yovvoyi Arman» nomi bilan tanilgan Arman Jumageldiyevga nisbatan 20 yilga ozodlikdan mahrum qiliş böyiça hukm çiqardi. Xususan:
- Arman Jumageldiyev — Qozoğiston Milliy xavfsizlik qömitasi kömagida jinoiy ta’sirni kengaytiriş maqsadida uyuşgan jinoiy guruh taşkil etiş, 2022 yil yanvar voqealarining asosiy taşkilotçisi, jinoiy guruh tarkibida odamlarni öğirlab, kaltaklaş kabi bir qança harakatlarda aybdor, deb topilib 20 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
- Qozoğiston Milliy xavfsizlik qömitasi sobiq xodimi Ruslan Iskaqov — 2016 yildan Jumageldiyevga «homiylik» qilgan, yanvar voqealarida jinoyat izlarini yaşiriş uçun odamlarni öğirlaşni buyurganlikda ayblanib, 15 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilindi.
- Sobiq mahalliy deputat Qayrat Xudoybergen – mehmonxonada ştab taşkil etgani, biznesni himoya qiliş bahonasida sportçilarni tartibsizliklarga jalb qilişda aybdor, deb topildi hamda — 8 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
- Şuningdek, Yovvoyi arman guruhining 13 a’zosi 10 yildan 15,5 yilgaça qamoq jazosiga hukm qilindi. Tartibsizliklarning qolgan iştirokçilari 1,5 yildan 7 yilgaça bölgan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.
27 yanvar kuni bölib ötgan sud jarayoniga jamoatçilik va matbuotga kiriş imkoni berilmagan hamda yopiq eşiklar ortida ötkazildi. OAV vakillariga sud zalini onlayn kuzatişga ruxsat berildi.












