Germaniya tashqi ishlar vaziri Belarusdagi saylov kunini «achchiq» deb atadi
Belarus xalqi «har kuni bosim, repressiya va inson huquqlari buzilishiga duch kelmoqda», dedi Annalena Berbok.

Foto: Reuters
Belarusda prezidentlik saylovlari kuni Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Belarus xalqining «tanlovi yo‘qligini» aytdi. «Bu erkinlik va demokratiya uchun kurashayotganlarning barchasi uchun achchiq kun. Erkin va adolatli saylovlar, qo‘rquv va o‘zboshimchaliksiz hayot o‘rniga ular har kuni bosim, repressiya va inson huquqlarining buzilishi bilan to‘qnash kelishmoqda», — deya nemis diplomatiyasi rahbari yakshanba kuni X ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.
Berbok, shuningdek, Belarusda 1200 dan ortiq odam «shunchaki gapirishga jur’at etgani uchun» qamoqxonalarda qolayotganini eslatdi. Germaniya tashqi ishlar vazirligi rahbari «shafqatsiz qatag‘on»ni to‘xtatish va barcha siyosiy mahbuslarni ozod qilishga chaqirdi.
Vazir, shuningdek, Belarus muxolifati yetakchisi Svetlana Tixanovskaya va «jasur Belarus erkaklari va ayollari»ga chuqur hurmat-ehtirom bildirdi. «Yevropa oilasi demokratik va erkin Belarus uchun eshiklarini ochiq qoldiradi», deb ta’kidladi Berbok.
YeI: Belarus xalqi haqiqiy ovozga loyiq
Belarusdagi saylov kuniga bag‘ishlangan qo‘shma bayonot Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas va Yevropa Ittifoqining qo‘shnilik va kengayish siyosati bo‘yicha komissari Marta Kos tomonidan ham e’lon qilindi. Ularning bayonotida, jumladan, 26 yanvar kungi saylovlar «na erkin, na adolatli» o‘tgani va Belarus xalqi «mamlakatini kim boshqarishi haqidagi savolda haqiqiy ovozga loyiq» ekani aytilgan.
«Belarusda inson huquqlarining shafqatsiz bo‘g‘ilishi, siyosiy ishtirok etish va mustaqil ommaviy axborot vositalariga kirishning cheklanishi saylov jarayonini har qanday qonuniylikdan mahrum qildi», deb yozadi Kallas va Kos o‘z matnlarida.
Bryussel «fuqarolik jamiyati, muhojirlikdagi Belarus demokratik kuchlari va Belarus madaniyatiga moliyaviy yordam ko‘rsatish bilan birga» Belarus rejimiga nisbatan cheklovlar qo‘yishda davom etishini ta’kidladi.
Belarusda prezidentlik saylovlari 26 yanvar kuni bo‘lib o‘tdi. Besh nomzod, jumladan, 1994 yildan beri eng yuqori davlat lavozimini egallab kelayotgan Aleksandr Lukashenko ham ishtirok etdi. Saylovchilarning 81,5 foizi ovoz berishda qatnashdi, deya xabar bermoqda BelTA davlat agentligi Belarus Markaziy saylov komissiyasi kotibi Yelena Baldovskayaga tayanib.
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Finlandiya AQShga tuxum yetkazib berishdan bosh tortdi
Jahon | 00:25
-
Tramp Lotin Amerikasiga giyohvand moddalarga qarshi kurashda yordam ko‘rsatishni to‘xtatdi
Jahon | 00:00
-
Latviya Belarus bilan chegaradagi yagona nazorat-o‘tkazish punktini yopdi
Jahon | 23:05 / 16.03.2025
-
Yangiyo‘lda Gentra simyog‘ochga borib urildi
Jahon | 22:49 / 16.03.2025
Mavzuga oid

23:05 / 16.03.2025
Latviya Belarus bilan chegaradagi yagona nazorat-o‘tkazish punktini yopdi

13:17 / 10.03.2025
O‘zbekistonda yo‘l belgilarini qo‘llashda Belarus tajribasi tatbiq etilishi mumkin

18:13 / 04.03.2025
Lukashenko yana 32 nafar siyosiy mahbusni afv etdi

21:10 / 28.02.2025