Surxondaryo viloyati, Qiziriq tumanida hokim yordamçisi 33 mln sömlik kreditdan ikki marta olib beriş evaziga 4,5 mln söm pora olayotganda uşlandi. Bu haqda «Zamon» dasturida xabar berildi.

Qayd qilinişiça, «Yakkaterak» mahallasida işlagan hokim yordamçisi fuqaroga 33 mln sömlik imtiyozli kreditdan ikki marta olib berişni va’da qilgan. Evaziga undan 4,5 mln söm pora olayotganida uşlangan.

Jinoyat işlari böyiça Qiziriq tumani sudi hukmiga köra, ayblanuvçiga Jinoyat kodeksining 45-moddasi qöllanib, 168-moddasi (firibgarlik xizmat mavqeidan foydalangan holda) 3-qismi «v» bandi  bilan 2 yil axloq tuzatiş işlari jazosi qöllangan.

Şuningdek, unga rahbarlik va moddiy javobgarlik talab etiladigan lavozimlarida işlaş taqiqlanib, daromadining 20 foizi uşlab qolinişi belgilangan.