Rossiya 2024 yilda rekord miqdordagi saytlarni blokladi
O‘tgan yili Rossiya idoralari 523 ming veb-saytga kirishni cheklab qo‘ygan, ulardan 417 mingdan ortig‘i hali ham bloklangan, deb yozadi "Verstka". Bu 2012 yildan beri kuzatilgan butun davr uchun eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Foto: Depositphotos
"Verstka" ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya hukumati 2024 yilda rekord darajadagi veb-saytlarga kirishni cheklagan. Jami 523 mingga yaqin sayt bloklandi, ulardan 106 mingga yaqini keyinchalik blokdan chiqarildi, 417 mingdan ortiq resurslar esa shu kungacha blokda, bu 2012 yildan beri kuzatilgan butun davr uchun eng yuqori ko‘rsatkichdir, deb yozadi nashr seshanba, 28 yanvar kuni "Roskomsvoboda" reyestriga tayanib.
Shunday qilib, o‘tgan yili bloklangan resurslarning atigi 20 foizga yaqini yana blokdan chiqarildi. Bloklashlarning umumiy soni 2023 yilda yanada ko‘proq bo‘lgan, o‘shanda 571 mingta saytga kirish cheklangan, 197 mingga yaqini esa bloklangan holda qolgan.
Federal soliq xizmati va Roskomnadzor eng ko‘p bloklashni amalga oshirdi
Rossiya idoralari orasida Federal soliq xizmati (FNS) 2024 yilda resurslarni bloklash bo‘yicha qarorlar sonida yetakchi bo‘lib qoldi. 2025 yil boshida u tomonidan bloklangan sahifalar ro‘yxatiga 142 ming resurs kiritilgan.
Ikkinchi o‘rinda 132 mingdan ortiq veb-saytlarga kirishni cheklagan Roskomnadzor. Undan keyin «Noma’lum davlat organi» toifasi (62,1 ming sayt), keyin esa Moskva shahar sudi va boshqa sudlar (60,6 ming).
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Germaniya kansleri Ukrainaga yetkaziladigan qurol-yarog‘larga oid ma’lumotlarni maxfiylashtirdi
Jahon | 18:41
-
Zelenskiy Putinning to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish taklifiga javob qaytardi
Jahon | 18:26
-
Ritorikasi o‘zgargan Tramp, Putindan ruxsat ololmagan Qodirov – hafta dayjesti
Jahon | 18:19
-
Sulh o‘rniga – Istanbulda yangi muzokaralar. Putin G‘arbning 30 kunlik otashkesim bo‘yicha taklifiga qanday javob qaytardi?
Jahon | 16:31
Mavzuga oid

10:43 / 09.05.2025
Media sohasini tartibga soluvchi yangi qonun loyihasi ishlab chiqildi

19:35 / 02.05.2025
Bloomberg: Tramp jamoasi Rossiyaga iqtisodiy bosimlarni kuchaytirish variantlarini tayyorladi

22:09 / 01.05.2025
Tramp bilan muzokaralar boshlanganidan keyin rossiyalik milliarderlar 15 mlrd dollarga boyidi

17:33 / 01.05.2025