Senat kengaşining majlisida Samarqand viloyati sektor rahbarlari tomonidan kambağallikdan holi hududga aylantiriş böyiça Qöşrabot tumani tajribasi taqdimoti ötkazildi. Bu haqda parlament yuqori palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, 2023 yildan boşlab 5-toifaga mansub Qöşrabot tumanidagi tadbirkorlik sub’yektlarini qöllab-quvvatlaşning alohida tartibi joriy qilinişi hisobiga ularga 2023-2024 yillarda 12,7 mlrd sömlik soliq imtiyozlari berilgan. Natijada, ötgan yilning özida qariyb 700 ta tadbirkorlik sub’yekti taşkil qilinib, ularning soni 2,1 mingga yetgan va 1 mingga yaqin yangi iş örinlari yaratilgan.

Investitsiya dasturi doirasida 35,4 mln dollarlik 41 ta loyiha işga tuşirilgan. 23,6 mln dollarlik töğridan-töğri xorijiy investitsiyalar özlaştirilgan, eksport hajmi 3,5 mln dollarga yetgan. Mahallalarda kambağallikni qisqartiriş, tadbirkorlik loyihalariga 54,2 mlrd sömlik imtiyozli kredit va 1,5 mlrd sömlik subsidiya mablağlari ajratilgan.

Muhokama jarayonida senatorlar mahallalarda 2021-2022 yillarda taşkil qilingan kiçik sanoat zonalari zarur infratuzilma bilan ta’minlanmagani sababli bugungi kunga qadar uçta kiçik sanoat zonasidan ikkitasida birorta loyiha amalga oşirilmaganini ta’kidladi.

Tuman hududida böş turgan törtta obekt dastlabki qiymati pasaytirilib, bir neça marotaba auksionga çiqarilganiga qaramasdan sotilmagan. «Vaholanki, tumanning 5-toifaga mansubligidan kelib çiqib, obekt qiymatini 5 yil muddatgaça bölib-bölib tölaş imkoniyati berilgan edi», — deyiladi xabarda.

«Mahalla yettiligi» qarori bilan 40 ga yaqin ijtimoiy yordam va subsidiya mablağlarini oliş imkoniyati yaratilgan bölsada, ötgan davr mobaynida faqat 3-4 ta turidan foydalanilgan. Oltita mahallada kambağal oila a’zolariga subsidiya mablağlarini ajratiş çoralari umuman körilmagan.

Joriy yilning 1 yanvar holatiga jismoniy şaxslarning mol-mulk va yer soliğidan mavjud qarzdorligi ötgan yilga nisbatan qariyb 7,4 foizga oşgan.

Majlisda senatorlar tomonidan «Kambağallikdan farovonlik sari» dasturini amalga oşiriş böyiça birinçi navbatdagi çora-tadbirlar rejasida belgilangan tadbirlar ijrosini öz vaqtida va sifatli ta’minlaş böyiça qator taklif va tavsiyalar bildirilgan.