Toşkent viloyatida qaynona-kelin janjali çaqaloq a’zolarining kuyişi bilan tugadi. Bu haqda Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova xabar berdi.

Qayd qilinişiça, 27 yanvar kuni Toşkent viloyati, Toşkent tumanida istiqomat qiluvçi X.M. (1999 yilda tuğilgan ayol) qaynonasi M.X (1966 yilda tuğilgan) bilan janjallaşgan. Şunda ayol keliniga qarata içida issiq suv bölgan termosni otgan, oqibatda ona qölida bölgan 23 kunlik çaqaloqning oyoq va qöl qismi kuygan. Bolaga zarur tibbiy muolajalar körsatilgani ta’kidlanmoqda.

Toşkent tumani IIB tomonidan holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv olib borilmoqda.

Şuningdek, nizo davom etişining oldini oliş maqsadida kelinga bir oy muddatga himoya orderi taqdim etilib, qöyilgan çeklovlar oila a’zolariga tuşuntirilgan.