Aholi tomorqasida oziq-ovqat yetishtirishni moliyalashtirish uchun 5 trillion so‘m ajratiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 30 yanvar kuni tomorqada va ijaraga berilgan ekin yerlarida daromadli mahsulot yetishtirishning yangi tizimi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Unda tomorqa va dehqonchilik yerlarida yuqori daromadli ekinlar yetishtirish bo‘yicha yangi tashabbuslar ilgari surildi.

Qayd qilinishicha, samarqandlik bog‘bonlar uzum ko‘chatini shpalerga o‘tkazish uchun subsidiya berishni so‘ragan. Bunday usulda hosil 2 karra oshadi. Bu qo‘llab-quvvatlanib, har bir shpaler uchun 15 ming so‘mgacha subsidiya ajratiladi. Shuningdek, mayizni osma usulda quritish uskunalari uchun oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida imtiyozli kredit berilishi aytildi.
Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi Tasmasoy mahallasida 875 ta xonadon tomorqasida sitrus meva ko‘chati va limon yetishtirib, har biri yiliga 200 million so‘mgacha daromad olayapti. Sariosiyo va Oltinsoydagi mingdan ziyod xonadonlar ham “handak” va “termos” usulida limon yetishtirish tashabbusini bildirgan.
Yangiyo‘llik dehqonlar ko‘kat urug‘lari yo‘qolib ketgani, sifatli nav yetishmasligini aytgan. Bular bo‘yicha vaziyatni o‘nglash, aholi tashabbuslarini amalga oshirish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
Davlat rahbari tomorqa va dehqonchilik yerlarida yuqori daromadli va eksportbop ekinlar ekish, ularning hisobini yuritish va moliyalashtirish bo‘yicha yangi tashabbuslarni ma’lum qildi.
Dehqon xo‘jaliklari va tomorqani rivojlantirish bo‘yicha alohida kengash tuziladi. U aholini o‘qitishdan tortib, urug‘, ko‘chat yetkazish, mahsulot yetishtirish, qayta ishlash va eksportga chiqarish zanjirini yaratish bilan tizimli shug‘ullanadi.
Mazkur kengash boshqaradigan “Uzagrostar” xolding kompaniyasi tashkil etiladi. Ushbu xolding tarkibida meva-sabzavotchilik yo‘nalishlariga ixtisoslashgan 15 ta kompaniya ochiladi. Ushbu kompaniyalar meva-sabzavot yetishtirish bo‘yicha o‘z brendini yaratgan 15 ta drayver tumanni yangi bosqichga olib chiqib, ularning tajribasini yana 72 ta tumanda ommalashtiradi.
Har bir kompaniyaga budjetdan 20 milliard so‘mdan mablag‘ ajratiladi. Tomorqa kengashida alohida jamg‘arma tashkil qilinib, dastlabki bosqichda 260 milliard so‘m pul va 1,2 trillion so‘mlik kredit portfeli beriladi.
Buning hisobiga 15 ta kompaniya biriktirilgan tumanlardagi ixtisoslashgan mahallalar aholisini o‘ziga mijoz qilib, mablag‘ bilan ta’minlaydi. Tomorqada hosilni ko‘paytirish uchun chetdan yangi texnologiya va ekspertlar olib keladi. Xonadonlarga hosildor urug‘ va ko‘chat, sifatli o‘g‘it yetkazish, agrotexnik xizmatlar ko‘rsatish, mahsulotini qayta ishlash, saqlash va eksport qilishda ko‘maklashadigan tizim tashkil etiladi.
Urug‘chilik institutlari bilan hamkorlik rivojlantiriladi. Tanlab olingan tumanlarda “yashil” issiqxonalar tashkil etilib, namuna qilinadi.
Umuman, aholi tomorqasida oziq-ovqat yetishtirishni moliyalashtirish uchun qariyb 5 trillion so‘m yo‘naltirilishi belgilandi.
Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa egalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi.
Tavsiya etamiz
Putin Rossiya Odessaga da’vo qilmasligi shartini aytgan – «Kommersant»
Jahon | 22:26 / 19.03.2025
Qozog‘istonda amaldorlar qamoqxonalarga ekskursiyaga olib borilmoqda
Jahon | 18:16 / 19.03.2025
Tramp: «Ukrainaga bosim o‘tkazishga majbur bo‘lgandik»
Jahon | 20:53 / 18.03.2025
Temu O‘zbekistonda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tdi
O‘zbekiston | 20:25 / 18.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Mirziyoyevni Navro‘z bayrami bilan tabrikladi
Jahon | 15:52
-
Yo‘llardagi qoidabuzarliklar uchun jarima ballari to‘g‘risidagi qaror loyihasi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 15:33
-
Yevropa Ittifoqi mudofaa tayyorgarligini oshirish bo‘yicha ishlarni tezlashtiradi
Jahon | 14:59
-
O‘zbekiston va Fransiya Afg‘oniston yo‘nalishidagi hamkorlikni muhokama qildi
O‘zbekiston | 13:53
Mavzuga oid

15:54
Putin Mirziyoyevni Navro‘z bayrami bilan tabrikladi

15:52
Tramp Mirziyoyevni Navro‘z bayrami bilan tabrikladi

10:33
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Navro‘z bayrami bilan tabrikladi

18:00 / 20.03.2025