Ukraina Qurolli kuçlari tarkibida jang qilgan Avstraliya fuqarosi Oskar Jyenkins Rossiya tomonidan asirga olingan. Bu haqda Avstraliya TIV rahbari Penni Vong ma’lum qildi.
«Avstraliya hukumati Rossiyadan Oskar Jyenkins tirik va hibsda ekani böyiça tasdiqlov oldi», — deydi taşqi işlar vaziri.
Vongning ta’kidlaşiça, hukumat Jyenkinsning taqdiridan «jiddiy xavotirda» va allaqaçon Moskvaga harbiy asirlar bilan xalqaro gumanitar huquqlarga mos ravişda munosabatda böliş kerakligini bildirgan.
TIV rahbarining aytişiça, Avstraliya hukumati Rossiyani Jyenkinsni ozod etişga çaqiradi. «Agar Rossiya Jyenkinsga xalqaro gumanitar huquqlarga mos ravişda himoya taqdim etmasa, bizning javobimiz aniq böladi», — deya qöşimça qiladi u.
The Guardian’ning qayd etişiça, Jyenkins qanday şaroitda saqlanayotgani töğrisida ma’lumot juda kam. Rossiya tomoniga köra, avstraliyalik RF hududida hibsda saqlanmoqda, uning soğliği esa «normal» deya baholangan.
Dekabr oyida «voyenkor» Aleksandr Sladkov rossiyalik harbiylar avstraliyalik asir bilan muloqot qilgani va uni bir neça bor urgani tasvirlangan videoni e’lon qilgandi. Erkak özini 32 yoşli biologiya öqituvçisi Oskar Jyenkins deb taniştirgan. U Avstraliya va Ukrainada yaşaşini bildirgan.
15 yanvar kuni ABC telekanali Jyenkins öldirilgan bölişi mumkinligini ma’lum qilgandi. Jurnalistlar bunda UQK tarkibida jang qilayotgan boşqa xorijliklarga tayangan. Uşbu ma’lumot rasman tasdiqlanmagan edi.


















