Migrantlarni saqlab qolişi mumkin bölgan asosiy omillardan biri bu iş haqini oşirişdir. Köpgina çet ellik işçilar 1500 dollar atrofida maoş olişni kutadi. Agar bu amalga oşmasa, ba’zi migrantlar boşqa mamlakatlarda qulayroq iş şaroitlarini izlab, Rossiyani etişga qaror qilişi ehtimoli bor. Bu haqda Rossiyaning «Migrant Servis» platformasi direktori Andrey Kladov gapirdi.
«Rossiya uçun bu mehnat bozorida, ayniqsa çet el işçilariga juda boğliq bölgan tarmoqlarda qöşimça qiyinçiliklar keltirib çiqarişi mumkin. Iş beruvçilar taklif etilayotgan şartlarning raqobatbardoşligiga e’tibor qaratişlari va mehnat migrantlarining qiziqişlarini saqlab qoliş va kelajakda yuzaga kelişi mumkin bölgan kadrlar taqçilligining oldini oliş uçun ularning umidlarini hisobga olişi kerak», deb tuşuntirdi u.
Uning sözlariga köra, agar mehnat migrantlarining hozirgi mehnat şaroitlari va iş haqi darajasi yomonlaşib, raqobatbardoş bölmasa, 2025 yilda mamlakat işçi kuçining xorijga katta oqimi bilan duç kelişi mumkin.
«2024 yilda «Migrant Servis» tahlilçilariga köra, Rossiyani 1 millionga yaqin migrant, asosan, Özbekiston, Tojikiston va Qirğiziston kabi davlatlar fuqarolari tark etdi. 2025 yilda bu tendensiya davom etişi va farazga köra, yana 1 millionga yaqin mehnat migranti xorijda yanada jozibador mehnat şaroitlarini izlab Rossiyani tark etişi mumkin. Bu iqtisodiyotning köplab tarmoqlariga, ayniqsa migrantlar mehnatiga tayanadigan sohalarga sezilarli ta’sir körsatişi mumkin. Şu bilan birga, deportatsiyalar davom etişi mumkin: 2024 yilda Rossiyadan 80 mingdan ortiq migrant deportatsiya qilindi», dedi ekspert.
Bunday katta işçi kuçining ehtimoliy yöqolişi iş beruvçilar va hukumatlardan uşbu işçilarni saqlab qoliş strategiyasini işlab çiqişni talab qiladi. Asosiy e’tibor iş haqini oşiriş, mehnat şaroitlarini yaxşilaş va migrantlar uçun yanada qulay integratsiya muhitini yaratişga qaratilişi kerak. Bu mehnat bozorida barqarorlikni saqlaşga va migratsiya oqimi natijasida yuzaga kelişi mumkin bölgan iqtisodiy nomutanosibliklarning oldini olişga yordam beradi, dedi Kladov.
«2024 yilda MDH davlatlaridan kelganlar soni 16,1 foizga yoki 59,1 ming kişiga, Rossiyadan uşbu mamlakatlarga emigratsiya 18,6 foizga qisqardi, bu esa 52,5 ming kişini taşkil etdi. Migratsiya ösişining pasayişiga Tojikiston bilan aholi almaşinuvining qisqarişi asosiy hissa qöşgan: 2023 yil yanvar-sentabr oylarida ösiş deyarli 62,3 ming kişini taşkil etgan bölsa, 2024 yilda bu körsatkiç 37,8 ming kişiga kamaygan. MDH barça davlatlari orasida Özbekiston va Qirğiziston bilan aholi almaşinuvi ayniqsa sezilarli darajada oşdi va ular birgalikda uşbu mamlakatlardan migratsiya ösişining 40 foizdan ortiğini taşkil etmoqda», deb xulosa qildi u.












