Özbekistonda 1 apreldan köplab turdagi dorilar importiga boj joriy etilmoqda. Farmatsevtika agentligi direktori Abdulla Azizovning Kun.uz'ga aytişiça, 2024 yilning oxiriga qadar bojxona rasmiylaştiruvi uçun 1,2 foiz miqdorida tölov olingan, lekin JSTga a’zolik yölida bu tölovdan voz keçilgan. Azizov dori vositalari uçun bojlar xalqaro tajribada borligini aytdi.

28 yanvar kuni imzolangan farmatsevtikaga oid prezident farmoniga asosan, 1 apreldan e’tiboran bir qator import dorilarga boj joriy etilmoqda. Boj solinadigan dorilar qatoriga antibiotiklar, oğriq qoldiruvçi, yalliğlaniş hamda virusga qarşi, gormonal va boşqa preparatlar kiradi.

Ayni paytda boj belgilanişi narxga ta’sir qilişi borasida xavotirlar bildirilmoqda. Farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi direktori Abdulla Azizovning Kun.uz'ga aytişiça, boj “bozorga ta’sir qilmaydi”.

“Umuman olganda, hozirgi kunda Özbekistonda farmatsevtik mahsulotlarining bir turiga, asosan bint mahsulotlariga 30 foiz bojxona boji joriy etilgan. Buning natijasida nima böldi? Hozirgi kunda Özbekiston heç qanday bint va boşqa tibbiy vositalar import qilmaydi; hammasi Özbekistonda işlab çiqariladigan böldi.

Yangi çiqqan farmonda boj kiritilişi asosan ayrim dori vositalariga kiritildi. Bu ham 2 foiz. Masalan, qon preparatlari, vaksinalar, immunologik preparatlar kabi dori vositalariga umuman boj kiritilmadi – nol foizda saqlanib qolmoqda. Agar tarixga qaraydigan bölsak, 2024 yil oxirigaça bizda bojxona rasmiylaştiruvi tölovi mavjud edi, bu ham 1,2 foizni taşkil etardi. U barça farmatsevtik mahsulotlarga tatbiq etilgan edi. Endi Jahon savdo taşkiloti talabiga binoan, xalqaro tajribada qöllanmaydigan har qanday tölovlardan voz keçildi. Uning örniga, boşqa davlatlarda ham qöllangan bojxona tölovi joriy etildi. Albatta, bu bojxona tölovi bor-yöği 2 foizni taşkil qilgani uçun narx özgarmaydi”, – deydi Abdulla Azizov.

Farmagentlik rahbarining qöşimça qilişiça, hozirda dori vositalari importi uçun Amerikada 6,5 foizgaça, Hindistonda 10 foizgaça bojxona tölovlari mavjud. Bu körsatkiç boşqa davlatlarda har xil.

Boj tölovini kiritiş – mahalliy işlab çiqaruvçilarga bir kömak sifatida böladi, raqobatbardoşlik oşadi, deydi Azizov.