Moskvada «Rosnano» kompaniyasi sobiq rahbari Anatoliy Çubaysning bir neça sobiq örinbosarlari hibsga olindi. Bu haqda 30 yanvar, payşanba kuni iş materiallari bilan taniş manbaga tayanib, RBK naşri xabar berdi.

TASS axborot agentligi huquq-tartibot idoralaridagi manbasiga tayanib, qölga olişlar mansab vakolatini suiiste’mol qiliş böyiça muayyan iş doirasida sodir bölganini ta’kidladi. Uşlanganlarning ismlari oşkor etilmagan. TASS manbasiga köra, ularning maqomi «tergov harakatlari davomida aniqlanadi».

«Interfaks» agentligi tört kişi, jumladan «Rosnano» sobiq ijroçi direktori va sobiq ijroçi direktor örinbosari – davlat korporatsiyasining moliya böyiça boşqaruvçi direktori qölga olingani haqida yozmoqda. Agentlik ma’lumotlariga köra, ularga Jinoyat kodeksining 285-moddasi (hokimiyatni suiiste’mol qiliş) va 45 milliard rublni özlaştiriş böyiça ayblov qöyilgan. Gumonlanuvçilar ön yilgaça ozodlikdan mahrum etilişi mumkin.

Davlat dumasi Çubaysga nisbatan tergovga qadar tekşiruv ötkazişni talab qildi

Çubays 2011 yildan 2020 yilgaça "Rosnano" boşqaruvi raisi bölgan. 2022 yil mart oyida Vladimir Putin tomonidan işdan böşatilguniga qadar u prezidentning barqaror rivojlaniş böyiça maxsus vakili lavozimida işlagan. 2023 yilda Putin Çubays «qoçib ketgani» va çet elda «negadir yaşirinib yurganini» aytdi. U, şuningdek, bu kapitalida «moliyaviy teşik» aniqlangan "Rosnano"dagi vaziyatni tekşiriş bilan boğliq bölişi mumkinligini bildirdi.

2024 yil yanvar oyi örtalarida Davlat dumasi deputatlari Rossiya Federatsiyasi Tergov qömitasiga Çubaysga nisbatan «tegişli jinoyatlar alomatlari», xususan, "Rosnano"ni boşqargan davri böyiça tergovga qadar tekşiruv ötkazişni sörab sörov yuborişdi.