Ukrainadagi uruş natijasida yuzaga kelgan ekologik falokatning kölami juda katta. Bu haqda Frankfurt-Oderdagi Viadrina Yevropa universitetining Ukraina böyiça fanlararo tadqiqotlar assotsiatsiyasi (KIU) vakili Syuzan Vorşex 30 yanvar, payşanba kuni çop etilgan rbb24 naşriga bergan intervyusida aytib ötdi. Misol tariqasida u 25 ming gektar yonib ketgan örmonni, 220 ta xavf ostida qolgan yoki vayron bölgan qöriqxonalarni hamda bir million gektarga yaqin minalangan örmonlar va yerlarni keltirdi. Ekologlar «ekotsid», ya’ni hayotning tabiiy asosini ommaviy ravişda yöq qiliş atamasini tobora köproq işlatmoqda.

Uruş nafaqat odamlarning, balki hayvonlarning ham ölimiga olib keladi. Qora dengizda ölik delfinlar va kitlar soni ortib bormoqda. Ular torpedo va mina portlaşlari, harbiy kema sonarlarining şovqini va suvning ifloslanişi tufayli qurbon böladi.

Uruşning atrof-muhitga yetkazilgan zarari 72 milliard yevroni taşkil qilişi mumkin, deya qayd etadi Syuzan Vorşex Ukraina atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat agentligiga tayanib.

Viadrinalik olimlar Ukraina hukumati va nodavlat taşkilotlar vakillari bilan birgalikda uruş natijasidagi ekotsid haqida dalillar töplaşmoqda. Dalillarni izlaş aybdorlarni javobgarlikka tortiş va yetkazilgan zararni qoplaş talablarini qöyişga xizmat qiladi. Haagadagi Xalqaro jinoiy sud hali ekotsidni jinoyat deb hisoblamayapti, biroq Yevropa Ittifoqi va BMT allaqaçon ekologik jinoyatlarni u yerda köriladigan jinoyatlar röyxatiga kiritiş uçun kampaniya olib bormoqda.

Bir narsa aniq: Ukrainaning tabiiy muhiti va energetika infratuzilmasini tiklaş katta xarajatlarni talab qiladi, deydi Syuzan Vorşex. U Germaniya va Yevropa Ittifoqi bu jarayonda faol rol öynaşiga umid qilmoqda. «Biz ta’mirlaşimiz va qayta qurişimiz kerak bölgan narsa ma’lum miqdorda pul talab qiladi», deydi tadqiqotçi.