Britaniya O‘zbekiston davlat xizmatchilari uchun malaka oshirish dasturlarini tashkil etadi
O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi ko‘magida "El-yurt umidi" jamg‘armasi, IT-Park Uzbekistan va Hempshir grafligi Savdo palatasi rahbariyati o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi.

Foto: Dunyo
Muloqot davomida O‘zbekistondagi tashqi savdo, iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikka mas’ul davlat xizmatchilari uchun Britaniyada malaka oshirish kurslarini tashkil etish, Hempshir grafligida joylashgan oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik o‘rnatish masalalari va AKT sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda O‘zbekiston davlat xizmatchilari uchun nazariy va amaliy kurslarni tashkil etish, "El-yurt umidi" jamg‘armasi stipendiatlarining Britaniyada ta’lim olishini ta’minlash, Sautgempton universiteti va IT-Park Uzbekistan o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish, Qirollikda IT-Park Uzbekistan filialini ochish to‘g‘risida kelib olindi.
Tomonlar, shuningdek, joriy yilning 26-27 fevral kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Offshore Outsourcing Conference 2025 xalqaro anjumanida Hempshir grafligi Savdo palatasi hamda IT va BPO kompaniyalari vakillarining qatnashish masalasini ishlab chiqishga oid takliflarni ko‘rib chiqdilar.
Hempshir grafligi Savdo palatasi 1875 yilda tashkil etilgan. Palata mintaqadagi kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlash, rivojlantirish va xalqaro aloqalarni o‘rnatishga ko‘maklashadi. Hozir kunda mazkur tuzilmaga turli sohalar faoliyat olib borayotgan1800 dan ortiq yirik korxona a’zo hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
Moskvada shaharni bilishini isbotlab bermagan taksichilar jarimaga tortiladi
Jahon | 20:35 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“G‘arbiy Sibirni o‘zbeklar boshqargan” – tahlilchilar Rossiyada ko‘tarilgan shov-shuv haqida
Jahon | 22:40
-
Yaponiyada internet tezligi bo‘yicha yangi jahon rekordi o‘rnatildi
Fan-texnika | 22:02
-
Qizaloq va Lucho: bir muhabbat tarixi
Sport | 21:20
-
Shavkat Mirziyoyev Haj ziyoratidagi o‘zbekistonliklardan xabar oldi
O‘zbekiston | 20:31
Mavzuga oid

18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi

09:22 / 23.05.2025
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi

10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi

13:15 / 13.05.2025