Slovakiya boş vaziri Robert Fitso Ukraina qurolli kuçlari tomonida jang qilayotgan "Gurjiston milliy legioni"ni uni ağdarişga urinişda aybladi. Bu haqda Fitso 31 yanvar, juma kuni matbuot anjumanida ma’lum qildi, deya xabar beradi Reuters.
Vazirlar mahkamasi rahbarining fikriça, legion qömondoni Mamuka (Uşangi) Mamulaşvili uni lavozimidan çetlaştirişga qaratilgan norozilik namoyişlariga aloqador. Natijada Mamulaşvili va yana töqqiz kişiga Slovakiyaga kirişga ruxsat berilmagan.
Matbuot anjumanida hukumat rahbari GML rahbarining Mier Ukrajine ("Mir Ukraine") guruhi uçun mitinglar uyuştirgan faol Lyutsiya Staselova bilan tuşgan suratlarini körsatdi. Biroq, uyuşma ta’kidlaganidek, bu fotosuratlar 2023 yilda Bratislavada bölib ötgan ommaviy munozarada olingan. Şu munosabat bilan Mier Ukrajine namoyişlar va Gurjiston örtasidagi aloqalar haqidagi bayonotlarni yolğon va manipulyatsiya deb atadi. Mamulaşvili ham namoyişlarga aloqadorligini rad etdi.
Fitsoga köra, "Mir Ukraine" «Gurjiston legioni» uçun pul yiğib, şu tariqa «Ukraina aksilrazvedkasini moliyalaştirgan», deb yozadi «Yevropeyskaya pravda» naşri. Staselova, öz navbatida, "Mir Ukraine" «Ukraina uçun öq-dorilar» yiğişda iştirok etganini aytdi. Çexiya hukumatining Kiyev uçun öq-dorilar xarid qiliş taşabbusini Slovakiya ham qöllab-quvvatladi – bu maqsadda 4,7 million yevrodan ortiq mablağ yiğildi.
Ukrainaning Slovakiyadagi elçisiga norozilik notasi topşirildi
29 yanvar kuni Ukrainaning Slovakiyadagi elçisi Miroslav Kastran Bratislavadagi Taşqi işlar vazirligiga çaqirilib, unga norozilik notasi topşirildi. Bunga «Slovakiya Respublikasining içki işlariga aralaşiş» sifatida baholangan «Ukraina tomonining bayonotlari» sabab böldi, deb xabar beradi dpa agentligi.
Hujjat matnida Slovakiya TIV kimning va qaysi bayonotini nomaqbul deb topgani körsatilmagan. Bir kun avval Kiyevdagi Taşqi işlar vazirligi özining rasmiy veb-saytidagi bayonotida Slovakiya boş vaziri Robert Fitsoni tanqid qilgan, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy esa Fitso mamlakat suvereniteti evaziga «Moskvani tanlayotganini» aytgandi.












