Özbekistonning favqulodda va muxtor elçisi Baxtiyor Ibragimov (qarorgohi Vena şahrida joylaşgan) Albaniya prezidenti Bayram Begayga işonç yorliqlarini topşirdi.
Prezident qarorgohida bölib ötgan tantanali marosimdan söng ötkazilgan muloqot çoğida Özbekiston va Albaniya örtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilindi. Savdo-iqtisodiy, madaniy va turizm sohalarida hamkorlikni mustahkamlaş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Baxtiyor Ibragimov 2023 yil noyabr oyida Avstriya prezidenti Aleksandr Van der Bellenga işonç yorliqlarini topşirgan edi. Şuningdek, u 2023 yilda ştab kvartirasi Vena şahrida joylaşgan YeXHT, BMT Giyohvand moddalar va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş boşqarmasi, Yadro sinovlarini keng qamrovli taqiqlaş töğrisidagi şartnoma taşkiloti, AEXA kabi xalqaro taşkilotlardagi mamlakatimizning rasmiy vakili sifatida ham akkreditatsiya qilingan.

















